Toşkent kinofestivalini qayta tiklaş, uni nufuzli kinofestivalga aylantiriş haqida «Özbekkino» Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov, şuningdek, xorijlik kinoekspertlar öz fikrlarini bildirişgan.

«Xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va kinematografiya sohasidagi aloqalarni kengaytiriş Özbekiston kinosanoatining muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Biz Berlin xalqaro kinofestivalida dunyoning maşhur kinoarboblari bilan Prezidentimiz taşabbusi asosida afsonaviy xalqaro Toşkent kinofestivalini ötkazişni yana yölga qöyiş masalasini muhokama qildik. Bu muhim vazifani xorijlik hamkorlar iştirokisiz amalga oşirişning iloji yöq.

Bu yerda faqat Toşkent kinofestivalini ötkazişni yölga qöyiş emas, balki uni dunyo miqyosidagi eng nufuzli kinofestivalga aylantiriş haqida gap ketmoqda» – deb ta'kidladi «Özbekkino» Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov. 

«Dunyo ahli uçun sevimli bölgan Toşkent xalqaro kinofestivalini oradan şunça yillar ötganiga qaramay, qayta tiklaş haqidagi taşabbusni haqiqiy jasorat desa böladi. Bu bir paytlar buzib taşlangan, xalqlar örtasidagi döstlik köprigini qayta tiklaş, deganidir. Mazkur köprik vaqt zanjirini va butun boşli avlodlarni birlaştiradi, jipslaştiradi. Bunday ezgu maqsadni amalga oşirişda qölimdan kelgan barça yordamni ayamayman», -  dedi FIAPF direktori Benoit Ginistu (Benoit Ginisty). 

Foto: «Özbekkino» Milliy agentligi

«Toşkent kinofestivalini barça kinematografiyaçilar yaxşi eslaşadi. Uni qayta tiklaş, yana xalqaro orbitaga olib çiqiş kerak. Bu muhim masalani amalga oşirişda biz ham qöl qovuştirmay, yordam berişga tayyormiz. Bu nafaqat Özbekiston, balki dunyo kinosi uçun ham eng dolzarb masaladir, - deb ta'kidladi FIPRESSI Xalqaro kino matbuoti federatsiyasi boş direktori Klaus Eder. 

«Hozir Özbekistonda davlatni va jamiyatni özgartiruvçi keng miqyosli ijobiy jarayonlar ketmoqda. Toşkent kinofestivalining qayta tiklanişi Özbekistonning dunyoga öz eşiklarini oçiş sari qöygan muhim qadamlaridan biri, deb öylayman», - deb fikr bildirdi maşhur kinotanqidçi, kinoekspert Sergey Lavrentev. 

«Toşkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanişi kinosanoat sohasida ijodiy izlanişlar maydonçasi vazifasini ötaydi, bu biz uçun juda foydali va qiziq jarayon. Kinofestival doirasida yoş kinematografiyaçilarda özaro fikr almaşiş, tajribalarini örtoqlaşiş imkoniyati yuzaga keladi. Özbekistonda yoşlar köpligini hisobga oladigan bölsak, bu juda muhim masaladir» - dedi Kottbuss kinofestivali dasturiy direktori Berndt Buder. 

Mazkur masala yuzasidan Berlinalening rasmiy vakili Barbara Vurm, MKF GoEast direktori Xeleyen Gerritsen, Markaziy Osiyo va Şarqiy Yevropa kinematografiyaçilarining UNIFRANCE departamenti rahbari, kinotanqidçi Joel Shapron (Joel Shapron), kinoşunos, Germaniyadagi Çingiz Aytmatov jamğarmasi filiali asosçisi Svetlana Slapke va boşqa kinoekspertlar ham sözga çiqib, bu taşabbusni qöllab-quvvatladilar. 

Toşkent kinofestivali Özbekiston poytaxtida 1968 yildan boşlab ötkazib kelingan. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinematografiyasining dunyoga maşhur, eng katta anjumani bölgan. Toşkent kinofestivali dunyo miqyosida katta mavqega ega bölib, unda iştirok etgan dunyo kinoçilari kinosanoatni rivojlantiriş masalalarini muhokama etişgan. Yoş kinematografiyaçilar uçun esa tajriba almaşiş, örganiş imkonini bergan.