Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani «Avayxon» mahallasida bunyod etilayotgan köp qavatli uy-joylarni közdan keçirdi.

Bu yerda jami 1 ming 120 ta xonadondan iborat 17ta köp qavatli uylar qurilişi loyihalaştirilgan. Bugungi kunda 5ta turar joy qad rostlab, içki pardozlaş işlari olib borilmoqda.
Davlat rahbari xonadonlardan birini kirib kördi, uylarning quriliş texnologiyasi va energiya tejamkorligiga e'tibor qaratdi.
«Taşqi devorlar bazalt materiali bilan qoplangani ob-havo ta'sirini kamaytirib, xonadonlarning qişda isiq, yozda salqin bölişini ta'minlaydi. Yana bir samarali tomoni – bu töliq mahalliylaştirilgan mahsulot», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident mahalliy materiallarni köproq işlatib, uylarning narxini arzon qiliş, ularni turli soha vakillari bilan birga kam ta'minlanganlarga ham ajratiş böyiça körsatmalar berdi. Kredit muddatini uzaytiriş, ijaraga beriş orqali kambağal oilalarni qöllab-quvvatlaş muhimligini ta'kidladi.
«Şaharlarda odamlar kommunal xizmatlar sifatsizligidan norozi. Binolarni ekspluatatsiya qiladigan barqaror taşkilotlar, malakali kadrlar yetişmaydi. Yangi obektlar eski tarmoqlarga ulab qöyiladi. Butun kvartal birdaniga uzoqdagi stansiyadan isitiladi. Aslida, aql bilan qilinsa, kommunal tölovlarni 50 foizgaça arzonlatiş mumkin», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Yangi mavzeda avtonom issiqlik stansiyasi quriş, imoratlarni ekspluatatsiya qiladigan va sifatli xizmat körsatadigan zamonaviy şirkat taşkil etiş böyiça körsatma berildi.

Hududda yana bir neçta 9, 16 va bitta 25 qavatli turar joy barpo etilişi rejalaştirilgan. Loyihada zamonaviy quriliş normalari bilan birga milliy qadriyatlarimiz, turli marosimlar uçun qulayliklar ham inobatga olingan. Barça uylarni 2020 yil sentyabrda foydalanişga topşiriş möljallangan.
Şuningdek, maktab, bolalar boğçasi, dam oliş va sport maydonçalari, bolalar öyingohlari, köp qavatli avtoturargoh barpo etilişi loyihalaştirilgan.












