Bu haqda Turkiya hukumatidagi yuqori lavozimli amaldorga tayangan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinişiça, uşbu qaror Idlibdagi hujumdan keyin 27 fevral keçki payt Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligida ötgan tezkor yiğilişda qabul qilingan.

Manbaning ma'lum qilişiça, Idlibda vaziyat keskinlaşgandan keyin qoçqinlar oqimi köpayişi mumkinligi ortida turk politsiyasi, sohilböyi qöriqlaş xizmati va çegara xizmati suriyalik muhojirlarni quruqlikdagi va dengizdagi çegara punktlarida uşlab qolmaslikka körsatma olgan.  

Ta'kidlanişiça, uşbu xabarlardan keyin Suriya, Pokiston, Eron va Iroqdan bölgan qoçqinlar Turkiyaning Yevropa bilan çegaralari tomon harakatlana boşlaşgan. 

Öz navbatida Yevropa Ittifoqi matbuot kotibi Piter Stanoning ma'lum qilişiça, Yevropa Ittifoqi Turkiyadan migratsiya siyosatini özgartirgani haqida ogohlantiriş olmagan. 

Suriyalik qoçqinlar ayni vaqtda turli davlatlarda kun keçirişmoqda, ulardan eng köpi Suriya bilan qöşni Livan, Turkiya, Iordaniyada joylaşgan. Turkiyaning özida 3,6 mln qoçqin qolmoqda. 

Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari 2016 yil martida Turkiya bilan migratsiya inqiroziga qarşi kuraşiş böyiça birgalikdagi rejani kelişib olişgan. Reja Anqaraga qoçqinlarni qabul qilişi uçun moliyaviy yordam qörsatilişini, Gretsiyaga Turkiyadan keluvçi barça noqonuniy migrantlarni yana Turkiyaga qaytarişni va Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyadagi suriyalik qoçqinlarning “bir qoçqinga bir qoçqin” prinsipi böyiça qabul qilinişini közda tutadi.