Germaniya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Ispaniya va boşqa Yevropa davlatlari 12-noyabr, payşanba kuni Dublinda bölib ötgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida Yevropa xavfsizligining «asosiy tamoyillari»ni kelişib oldi va ularni maxsus hujjatda mustahkamladi. Taşabbus Fransiya tomonidan ilgari surilgan.
AFP agentligi yozişiça, hujjat Yevropa xavfsizligining asosini taşkil etuvçi amaldagi qoidalarni mustahkamlaydi va ularni yangi yönalişlar, xususan, gibrid tahdidlarga qarşi kuraşiş çoralari bilan töldiradi.
Jumladan, hujjatni imzolagan davlatlar Moskvaning «kuçayib borayotgan gibrid kampaniyalari»ni qatʼiy qoralab, bunday tahdidlarga qarşi turiş va axborot sohasiga taşqi aralaşuvga qarşi kuraşiş niyatini bildirdi.
Deklaratsiyada terrorizm, giyohvand moddalar savdosi va migrantlarni noqonuniy olib kirişga qarşi kuraşiş masalalari ham qamrab olingan.
«Yevropa xavfsizligiga oid masalalar yevropaliklar iştirokida hal qilinişi kerak»
Hujjatni imzolagan davlatlar «Yevropa mamlakatlari qitʼa xavfsizligi uçun öz zimmasiga yanada köproq masʼuliyat olayotgani»ni taʼkidladi.
Ularning fikriça, bu global va transatlantik xavfsizlikka ham ijobiy taʼsir körsatadi.
Hujjat matni bilan tanişgan jurnalistlarning maʼlum qilişiça, deklaratsiya BMT nizomi, şuningdek, NATOni taʼsis etgan Şimoliy Atlantika şartnomasi va Yevropa Ittifoqi töğrisidagi şartnomaga asoslanadi.
Buyuk Britaniya boş vaziri Endi Byornem hujjatda NATOning tilga olingani muhimligini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, Ukrainadagi uruş tugaganidan keyin alyans Yevropada barqaror vaziyatni taʼminlaşiga töğri keladi.
AFP agentligi yozişiça, deklaratsiya loyihasida «Yevropa xavfsizligiga taalluqli har qanday masala yevropaliklar bilan birgalikda hal etilişi kerak» degan tamoyil ham belgilangan.
Yaqinda Rossiya va Ukraina örtasida uruşni tinç yöl bilan hal etiş yuzasidan bölib ötgan muzokaralarda öt oçişni töxtatiş şartlaridan taşqari, Yevropaning xavfsizlik arxitekturasi ham muhokama qilingan edi.
AQŞ prezidentining maxsus vakili Jared Kuşner ham Abu-Dabidagi muzokaralarda Yevropada «yangi» xavfsizlik arxitekturasini yaratiş tarafdori ekanini bildirgan.












