YeIning taşqi çegaralar nazorati böyiça Frontex agentligi Turkiyadan qoçqinlarlar oqimi kuçaygani sababli Yevrohamjamiyat çegaralarini himoya qiliş böyiça tayyorgarlikni yuqori darajaga kötardi.
"Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz va Turkiya bilan barça çegaralardagi tayyorgarlikni yuqori darajaga kötardik", - dedi agentlik matbuot xizmati vakili Izabella Kuper.
Qayd etilişiça, agentlik Gretsiya va Bolgariyada muntazam operatsiya ötkazadi.
"Eng yirik operatsiya Gretsiya orollarida ötkaziladi, u yerda 400 nafarga yaqin kişimiz bor, Bolgariyada 60 nafar ofitser va quruqlikdagi Gretsiya-Turkiya çegarasidagi Yevros hududida ham xodimlarimiz bor", - dedi Kuper.
Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakat qoçqinlarning yangi oqimiga yolğiz bardoş bera olmasligini va Turkiya ular uçun YeI çegaralarini oçib yuborişini ma'lum qilgandi.
Anqara Suriyaning Idlib viloyatidagi sönggi voqealardan keyin suriyalik qoçqinlarning Yevropa tomon harakatini töxtatib bölmay qolganini ma'lum qilgan. Aslida Turkiya va YeI örtasidagi 2016 yilgi kelişuvga muvofiq, moliyaviy va gumanitar yordam evaziga Turkiya ularni ötkazmasligi közda tutilgan.
1 mart holatiga köra, Turkiya orqali Yevropaga tomon yölga tuşgan qoçqinlar soni 76 ming 358 nafarni taşkil etmoqda.













