Amerikaning Lockheed Martin korporatsiyasi koronavirus xavfi sababli Yaponiyadagi zavodida F-35 qiruvçi samolyotlarini işlab çiqarişni töxtatdi. Bu haqda Defense One portali AQŞ mudofaa vazirining xaridlar böyiça örinbosari Ellen Lordga tayanib xabar berdi.
"Öylaşimça, ular işni bir haftaga töxtatişga qaror qildi", - deya undan iqtibos keltiradi portal.
Lordning sözlariga köra, Italiyadagi zavodda esa xodimlar masofadan işlaşga ötgan.
Lockheed Martin F-35 samolyotlarining asosiy qismini Texasdagi zavodida işlab çiqaradi, ammo ittifoqçilarga möljallangan qiruvçilarning bir qismi Yaponiya va Italiyadagi zavodlarda işlab çiqariladi.
Avvalroq Koronavirusga çaliniş xavfini kamaytiriş maqsadida Hongkong, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi Twitter xodimlari masofadan işlaşga ötgani xabar qilingandi.













