Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Urganç şahrida Xorazm viloyati va tumanlar hokimlari, mahalliy kengaşlar deputatlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar, ziyolilar iştirokida yiğiliş ötkazmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
- Xalqimiz hayotini yanada yaxşilaşga yönaltirilgan islohotlarimizni odamlar bilan muloqot va maslahat asosida işlab çiqyapmiz. Xorazmga ham joylarda aholini qanday muammolar taşvişga solayotgani haqida suhbatlaşgani keldim. Şuning uçun menga köproq masala qöysalaringiz natija böladi. Biz yolğon, balandparvoz gapirib şu ahvolga keldik. Prezidentga yolğon gapiriş - Vatanga xiyonat, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Viloyatning rivojlaniş darajasi orqada qolayotgani körsatib ötildi. Aholi jon boşiga yalpi hududiy mahsulot respublika körsatkiçidan 1,5 barobar, sanoat mahsuloti va xizmat körsatiş hajmi böyiça esa 2 barobar past. Hududda 58 ming oila kambağallik bösağasida kun keçirmoqda. Şundan 856 tasi öta noçor ahvolda. Köplab odamlar işlaş uçun xorijga ketgan. Bularning barçasidan kelib çiqib, Xorazmda 200 ming iş örni yaratiş zarur.
Davlat rahbari aholini tadbirkorlikka jalb etgan holda, yangi korxonalar va iş örinlari yaratiş, şu orqali kambağallikni keskin qisqartiriş asosiy maqsad ekanini ta'kidladi.
Tuman va şaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, banklarni “loyihalar fabrikasi”ga aylantiriş zarurligi qayd etildi. 2,5 mingta böş turgan binolar negizida işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlarini taşkil etiş, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan töldiriş böyiça körsatmalar berildi.
Qişloq tumanlarda pullik xizmat körsatiş Urganç şahriga nisbatan 10-15 barobar pastligi ta'kidlanib, bunday obektlarni keskin köpaytiriş kerakligi belgilandi, deyiladi xabarda.













