Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2020 yilda harbiy maşğulotlarda iştirok etiş uçun Ukraina hududiga xorijiy harbiylarni qöyiş haqidagi qonunni imzoladi.   

Hujjat xorijiy harbiylarning Rapid Trident 2020, Sea Breeze 2020, «Yug-2020», Riverine 2020 va Warrior Watcher 2020 deb nomlangan harbiy maşğulotlarda iştirok etişi uçun Ukrainaga qöyilişini közda tutadi. Maşğulotlardan birinçi ikkitasi amerikalik harbiylar bilan birga, qolganlari mos ravişda Moldova, Ruminiya va Britaniya harbiylari bilan birgalikda ötkaziladi.

Qonun, şuningdek, xorijiy askarlarning umumiy soni, turi, Ukrainada qolişi muddati va joylaşadigan joylari, qurol sonini tartibga soladi.