Özbekistonga koronavirus kirib kelişi munosabati bilan aholida tuğilayotgan qator savollarga javob oliş uçun Kun.uz muxbiri Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev bilan suhbatda böldi.

«Narx-navo oşişiga nimalar sabab böladi? Bu – vahima, qörquv. Ertaga uyimda heç narsa qolmaydi, şuning uçun 6 oylik, kerak bölsa, ayrim hollarda 1 yillik, yöq deganda 3 oylik mahsulotlarni yiğib qöyaylik, degan vahima bozorda mahsulotlarning kamayib ketişiga olib keladi va natijada nima böladi? Tabiiyki, narx-navo oşib boradi», – deydi Behzod Musayev.

U çakana savdo sohasidagi ikki yirik tarmoq rahbarlari bilan gaplaşganini aytdi.

«Boş vazir yiğilişidan keyin şaxsan özim respublikadagi 2ta katta tarmoq, biri Korzinka bölsa, ikkinçisi Makröning rahbarlari bilan gaplaşdim. Haqiqatda ularning bugungi monitoringi odam köpligini körsatyapti. Guruç bormi, meva-sabzavotlar bormi, göştmi – hammasini olişni harakatiga tuşişgan. Bu – vahima kasali.

Bitta narsani aniq aytişim kerak: ertaga şu odamlar bozorga boradi. Respublika böyiça birorta bozor yopilmaydi. Hammasi qanday iş rejimida işlayotgan bölsa, şu iş rejimida davom ettiradi.

Avvalambor, bozorlarimizda mahsulot möl-köl. Buni hamma biladi. Bunga butun dunyoda bizga havas qiladi. Ana şu möl-köl mahsulotlar turgan joyida yiğib qöyib, 5 litrlik yoğ bir oilaga 3 oyga yetadi. Lekin hozir 5ta 5 litrli yoğni olib qöyişning nima keragi bor?

Ikkala tizim rahbari ham mahsulotlarimizning yetarli darajadagi zaxirasiga ega ekanini aytdi. Mahsulot sotilişiga qarab, peştoqlarni töldirib boramiz. Heç qanday muammo bölmaydi, dedi», – deb ta'kidladi Soliq qömitasi rahbari.

Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev

Behzod Musayev mahsulotlar importi töxtatilmasligini ham qöşimça qildi.

«Korzinka savdo tarmoğining rahbari menga masala kötardiki,  peştaxtalardagi ayrim mahsulot turlari importdan keladi. Ularga çeklov bölmaydimi dedi. Rossiya, Qozoğiston, ğarbdan keladigan import mahsulotlari köp. Importdan keladigan mahsulotlarga heç qanday çeklov yöq.

Bu böyiça hozirgina Davlat bojxona qömitasi raisi bilan birgalikda muloqot qildik. U ham hamma çegara postlarini masofadan nazorat qiliş imkoniyatiga ega. Uning aytişiça, respublikaga kirib kelayotgan birorta oziq-ovqat mahsulotlari tirbandligi, sanitar nazorat sababli ortiqça vaqt uşlanib qolişi holatlari yöq», – dedi Behzod Musayev.