Migratsiya agentligining sobiq direktori Behzod Musayev «Vatandoşlar» jamoat fondi boşqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda fondning rasmiy saytidagi maʼlumotlardan oydinlaşmoqda.
Jumladan, fond saytining «Rahbariyat» bölimida Behzod Anvaroviç Musayev boşqaruv raisi sifatida körsatilgan. Şuningdek, 2021-yil sentabrdan beri fondga rahbarlik qilgan Odiljon Sattorov endi boşqaruv raisi örinbosari lavozimida qayd etilgan.
«Vatandoşlar» jamoat fondi 2021-yilda taşkil etilgan. Uning asosiy maqsadi sifatida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarni tarixiy Vatan atrofida yanada jipslaştiriş, vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalarini qöllab-quvvatlaş, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoşlar salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali yönaltiriş ekani körsatilgan.
Eslatib ötamiz, Behzod Musayev 2026-yil 3-sentabr kuni prezident qaroriga köra, boşqa işga ötişi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgandi. U 2024-yil sentabridn beri şu lavozimda işladi. Bungaça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

















