2020 yilning 16 mart kuni soat 21:40da Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor qörğoni hududidan ötuvçi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yölining 105-kilometrida Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi boşqaruvni yöqotgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u yölning qatnov qismini ajratib turuvçi beton tösiqni buzib ötib, şu yönalişda harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli mikroavtobus bilan töqnaşuv sodir etgan, natijada şu yönalişda harakatlangan “VAZ 2106” va Nexia-2 rusumli avtomaşinalar şikastlangan, uşbu avtomaşina haydovçilari jabr körmagan.

YTH natijasida “Gazel” rusumli mikroavtobusning haydovçisi va bir nafar yölovçisi hodisa sodir bölgan joyda vafot etgan, yana bir yölovçi oğir tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, mikroavtobusda bölgan 9 nafar yölovçi va Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi turli xil darajada tan jarohat olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bölgan joyda tergov-tezkor guruhi işlamoqda, yöl-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. 

Bildirilişiça, tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma'lumot beriladi.