Boş vazir Mixail Mişustin koronavirus tarqalişi oldini oliş böyiça bir qator vazirlik va taşkilotlarga vazifalar topşirdi. Bu borada 15 mart bilan sanalangan hujjat RBK ixtiyoriga  tuşgan va uning haqiqiyligini hukumatga yaqin manba tasdiqlagan.

Hujjatda Mişustin sanoat va savdo, mudofaa, ta'lim, fan va oliy ta'lim vazirliklariga va Rosgvardiyaga talabalar, harbiylar va kollej öquvçilariga şaxsiy himoya vositalari (ŞHV) işlab çiqariş uçun şaroitlar yaratib beriş vazifasini yuklagan. Avvalroq ŞHVga niqoblar, xalatlar va dori vositalari kirişi belgilangan.

Adliya vazirligi va FSINga (Jazoni ijro etiş federal xizmati) tibbiy niqoblar işlab çiqarilişiga mahbuslarni jalb qiliş vazifasi topşirilgan.  

Bundan taşqari, sanoat va savdo vazirligiga ŞHVni iste'molçilarga yetkaziş uçun logistikani taşkil etiş vazifasi topşirilgan. Uşbu vazirlik, şuningdek, fuqarolarni ŞHV va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş uçun federal va hududiy hokimiyatlar örtasidagi hamkorlikka javob beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari aholiga “yetarli hajmda” yetkazib berilişi lozimligi belgilangan. Tibbiy niqoblar bilan saylov komissiyalari ham ta'minlanişi zarur, çunki Rossiyada 22 aprelga konstitutsiyaga kiritiş taklif qilinayotgan tuzatmalar böyiça ovoz beriş ötkazilişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, sanoat va savdo vazirligi öpkani sun'iy şamollatiş va EKMO qurilmalari ta'minoti uçun javob beradi.