Boş vazir Mixail Mişustin 30 mart kuni koronavirus pandemiyasi sababli Rossiyaning quruqlik çegaralarini butunlay yopiş töğrisida topşiriq berdi. Bu haqda hukumat farmoyişida aytilmoqda.
Hujjatga köra, 30 martdan boşlab Rossiyaning Belarus bilan hamda boşqa çegaralari orqali avtotransport, temir yöl va boşqa ötiş joylarida transport harakati çeklanadi.
Farmoyişda belgilanişiça, Rossiya transport vazirligi Federal xavfsizlik xizmati, Federal bojxona xizmati va Rospotrebnadzor bilan birgalikda 30 mart soat 00: 00dan boşlab Rossiya Federatsiyasining davlat çegarasi orqali avtomobil, temir yöl, piyodalar, daryo va aralaş nazorat punktlari orqali harakatlanişni vaqtinça çeklaydi
Rossiya pasportiga ega bölgan “DXR” va “LXR” aholisi bundan mustasno.
Avvalroq, Rossiya 1 mayga qadar dunyoning barça mamlakatlari bilan havo qatnovini çeklagan edi. Qolgan parvozlar faqat Moskva orqali amalga oşiriladi. Bungaça Yevropa, Xitoy va AQŞga reyslar 1 aprelga qadar çeklangan edi. Bundan taşqari, Rossiya temir yöllari mamlakat içidagi qator poyezdlar sonini kamaytirdi.












