Maktablarning yopilişi va tadbirlarning bekor qilinişi tufayli köplab öspirinlar hayotlaridagi muhim lahzalardan, maktabga boriş va döstlari bilan muloqotda bölişdan voz keçişga majbur bölmoqda.
Şu munosabat bilan YUNISEF öspirinlar bilan işlaş böyiça tajribali psixolog, kitoblari köplab nusxada sotiladigan muallif, New York Times kolumnisti doktor Liza Deymurning tavsiyalarini taqdim etdi.
1. Tuşunib oling, xavotir – butunlay normal reaksiya
Maktabning yopilişi va xavotirli sarlavhalar sizni taşvişga solayotgan bölsa, bunda siz yagona emassiz. Aslida ham siz buni şunday his qilişingiz kerak.
Taşvişlaniş – aslida, bizni tahdidlardan ogohlantiradigan va özimizni himoya qiliş çoralarini körişga yordam beradigan normal va soğlom funksiya.
Taşvişlanişingiz sizga ayni daqiqada muhim bölgan qarorlarni qabul qilişga yordam beradi. Masalan, boşqalar bilan muloqotni çeklaş, katta guruhlarda vaqt ötkazmaslik, qöllaringizni yuviş va yuzingizga tegmaslik kabi.
Bu his-tuyğular nafaqat sizni, balki boşqalarni ham xavfsiz saqlaşga yordam beradi
Şu yösinda hamjamiyatimiz a'zolariga ham ğamxörlik qilamiz. Atrofimizdagi odamlar haqida ham öylaymiz.
Qolaversa, siz işonçli manbalardan axborot olayotganingizga işonç hosil qiling.
Sizda kasallik alomatlari paydo bölganidan xavotir olsangiz, bu haqda ota-onangiz bilan gaplaşiş juda muhimdir.
Çunki inobatga oliş kerakki, COVID-19 odatda, ayniqsa bolalar va yoşlarda yengil formada ötadi. Bu kasallikning köp simptomlarini davolaş mumkin.
Özingizni yomon his qilayotgan yoki virus haqida taşvişlanayotgan bölsangiz, ota-onangiz yoki özingiz işongan yoşi kattalarga bu haqda albatta gapirib bering.
Va yodda saqlang: biz özimizni va boşqalarni himoya qilişimiz hamda vaziyatni nazorat qilişimiz uçun köplab samarali usullar bor. Masalan, qöllarni tez-tez yuvib turiş, ularni yuzga tekkizmaslik va ijtimoiy masofani saqlaş.
2. Çalğiş uslublari
Psixologlar şuni biladilarki, biz uzoq davom etadigan qiyin ahvolda bölganimizda, muammoni ikki toifaga böliş juda foydali:
– muammoni hal etiş uçun nima qila olamiz?
– biz nimani nazorat qila olmaymiz?
Hozirda köp narsa ikkinçi toifaga tegişli bölib, bu normal holdir. Biroq çalğitadigan narsalar bilan band böliş muammoni hal etişga yordam beradi.
Tinçlaniş va har kuni ruhiy muvozanatni saqlaş uçun uy işlari bilan maşğul böling, sevimli filmingizni tomoşa qiling yoki qiziqarli romanni mutolaa qiling.
3. Döstlaringiz bilan muloqotning yangi usullarini toping
Agar ijtimoiy masofani saqlaşga rioya qiliş davrida döstlaringiz bilan vaqt ötkazişni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlar ayni muddaodir.
Bunga ijodiy yondaşing: #safehands (#xavfsizqöllar) singari tik-tok tadbiriga qöşiling.
«Men öspirinlarning ijodkor ekanliklariga şubham yöq», – deydi doktor Deymur. – Öylaymanki, ular bir-birlari bilan internetda avvalgilaridan farq qiladigan muloqot yöllarini topadilar».
Biroq ekranlarga tikilib, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt qolib ketiş yaxşi emas. Bu – salomatligingizga putur yetkazadi hamda xavotirlanişingizni yanada kuçaytirişi mumkin.
4. E'tiboringizni özingizga qarating
Biron yangi narsani örganişni, öqimagan kitobingizni boşlaşni yoki musiqa asbobida maşq qilib körişni istarmidingiz? Hozir şuni qiliş vaqti keldi.
Diqqatingizni jamlab, paydo bölgan böş vaqtingizdan unumli foydalaniş usullarini izlaş – öz ruhiy salomatligingizni yaxşilaş usulidir.
«Bunday hollarda men özim öqişni istagan kitoblar röyxatini va özim bajarişni istagan işlar röyxatini tuzaman», deydi doktor Deymur.
5. His-tuyğularingizga quloq soling
Döstlar bilan tadbirlarda iştirok eta olmaslik, sevimli maşğul bilan band bölişning imkoni yöqligi, sport musobaqalarida iştirok etmaslik qiyin keçadi. «Bu holat haqiqatan ham öspirinlarni qayğuga solişi tabiiy hol», deydi doktor Deymur.
Bunga nima qiliş kerak? Könglingizdan ötayotganlarni his eting. Oğriqli tuyğular haqida gap ketganda, buni yengişning yagona yöli – ularni boriça his qilişdir. Şunda özingizni tezroq yaxşi his qila boşlaysiz.
Öz his-tuyğularini boşdan keçiriş hamma uçun turliça böladi. Ba'zi bolalar san'at bilan şuğullanişadi, ba'zilari döstlari bilan suhbatlaşib, uçraşişga imkon bölmaganda ularning hamdard ekanliklarini his etişni afzal köradilar, ba'zilari esa oziq-ovqat banklarini töldirişni istaydi.
Eng muhimi, özingizni yaxşi his etişga yordam beradigan narsalar bilan band bölişdir.
6. Mazax qilişsa, yordam sörang. Kalaka qilinayotgan döstlaringizni qöllab-quvvatlang
Koronavirusdan xavotirga tuşayotgan ba'zi ösmirlarni tengdoşlari mazax qilayotgan bölişi mumkin.
Bu vaziyatda ularga yordam berişning eng yaxşi usuli – atrofdagilarning befarq bölmasligi.
Qörquvi uçun kalaka qilinayotgan bolalar va öspirinlar bunga özlari javob qaytaradi, deb kutib turiş notöğri. Aksinça, bunday bolalarni qöllab-quvvatlaşimiz, döstlari yoki kattalardan yordam olişga undaşimiz kerak.
Agar döstingizni mazax qilişayotganiga guvoh bölsangiz, u bilan gaplaşib köring, yordam berişga harakat qiling. Beparvolik sabab u hamma unga qarşidek, yoki heç kim unga ahamiyat bermayotgandek his qilişiga olib kelişi mumkin.
Sözlaringiz vaziyatni yaxşi tomonga özgartirişga yordam beradi.
Yodda tuting: biz yetkazadigan ma'lumot va aytadigan gap boşqa insonlarga hozir har qaçongidan köra köproq ozor berişi mumkin.













