Bu haqda CNN telekanali xabar berdi. 

Jumladan, Duterte tartibsizliklar uyuştiruvçilarni yoki oziq-ovqat tarqatilişiga xalaqit qiluvçilarni ham öqqa tutişga ruxsat bergan. 

“Mening politsiya, harbiylar va barangaylarga [dahalar] buyruğim şundan iboratki, karantinga amal qilmaydiganlarni boşqarib bölmasa va ular qarşilik körsatişni boşlasa hamda hayotingizga xavf tuğilsa, ularni otib taşlang”, deb aytgan Duterte.

Şu bilan birga prezident söl guruhlarni oziq-ovqat taqçilligi ortida isyon kötarişning oqibatlari yomon bölişidan ogohlantirgan.

Avvalroq mamlakat poytaxti Manilada hukumatdan oziq-ovqat masalasida yordam beriş talabi bilan norozilik aksiyalari bölib ötgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Filippinda 2633 kişi koronavirusga çalingan, 107 kişi undan vafot etgan.

Qoidabuzarlarga qarşi qattiqqöl çoralar körişi bilan ma'lum bölgan Duterte avvalroq oğufuruşlarni va poraxör amaldorlarni otişga ruxsat bergandi.