Yuqori Çirçiq ma'muriy sudi ularni MJtKning 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraşiş qoidalarini buziş), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)da nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik harakatlarini sodir etgan, deb topdi.
Oliy sud matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, qamoqqa olinganlarning 4 nafari – ayollar.
«Iş hujjatlariga köra, uşbu 7 fuqaro 1 aprel kuni soat 20:00lar atrofida «Energetiklar» sihatgohida belgilangan karantin qoidalariga amal qilmasdan, har xil uyatli sözlar bilan uşbu sihatgohda saqlanayotgan boşqa fuqarolar va karantin tartibini nazorat qiluvçi xodimlar oldida baqir-çaqir qilib, ularning tinçligini buzgan. Tinçlikni ta'minlaş uçun kelgan içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat joyida ularni xam uyatli sözlar bilan sökib, mayda bezorilik qilgan», – deyiladi Oliy sud xabarida.
Özbekiston Boş prokuraturasidan Kun.uz'ga berilgan ma'lumotda uşbu fuqarolar Dubaydan charter reys orqali 17 mart kuni olib kelingani aytiladi. Nazarda tutilayotgan mojaroli holat esa 1 aprelda – ular karantinga joylaştirilganining 15-kunida röy bergan.
«2 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning içki işlar organlari xodimlariga qöpol munosabatda bölib, janjal kötargani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur masala Toşkent viloyati IIBB birinçi mintaqaviy hudud muvofiqlaştiriş markazi tomonidan örganib çiqilgan. Ma'lum bölişiça, mazkur videotasvir 17 mart kuni Birlaşgan Arab Amirliklari Dubay şahridan charter reysi orqali Özbekiston Respublikasiga olib kelinib, Qibray tumani Darxon m.f.y. hududida joylaşgan «Energetiklar sihatgohi» MÇJga qaraşli dam oliş sihatgohiga karantinga joylaştirilgan fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Videoda 1 aprel kuni taxminan soat 20:00larda, qizil rangli sport kostyumini kiyib olgan erkak (keyinçalik tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi A.K.) IIB xodimlariga qarata baland ohangda har-xil uyatli sözlar bilan öz e'tirozlarini bildirgan.
Oq rangli sport kiyimidagi ayol (keyinçalik tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, Samarqand viloyati Samarqand şahrida yaşovçi R.P.) ham davlat organi xodimlariga qarata haqoratli sözlar bilan öz e'tirozlarini bildirgan.
IIB xodimlari esa ularni tinçlanişga va sabrli bölişga çaqirgan hamda vaziyat yuzasidan tuşuntiriş berişga uringan.
Holat yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv davomida, 1 aprel kuni taxminan soat 20:00 larda uşbu sihatgohda karantinda saqlanayotgan 7 fuqaro: Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi A.K., Samarqand şahrida yaşovçi R.P. (ayol kişi), Olmazor tumanida yaşovçi U.Ş., Uçtepa tumanida yaşovçi K.I, Sardoba tumani (Sirdaryo)da yaşovçi M.D. va Namangan şahrida yaşovçi N.F. (ayol kişi) va Norin tumani (Namangan)da yaşovçi T.Ş. (ayol kişi)lar karantin qoidalarini qöpol ravişda buzib, belgilangan tartib-qoidalarga qasddan amal qilmasdan, sihatgohda xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va içki işlar organlari xodimlarini haqorat qilib, ularning qonuniy talablariga böysunmaganliklari aniqlangan.
Uşbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) 2-qismi, 183, 194-moddalari bilan ma'muriy iş qözğatilib, tegişli hujjatlar belgilangan tartibda sudga yuborilgan», – deyiladi Boş prokuratura axborotida.
Oliy sud axborot xizmatining Kun.uz ga xabar berişiça Yuqoriçirçiq tuman ma'muriy sudining 3 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlarning barçasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraşiş qoidalarini buziş), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) da nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik harakatlarini sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.













