https://ok.ru/videoembed/1451228269247
Xabarda aytilişiça, samarqandlik Şavkat Ibrohimov telegramdagi «Töxtabozor» guruhiga ovozli xabar yöllab, göyoki Samarqand şahri Özbek trakt köçasida yaşovçi tanişi koronavirusga çalingani, uning özi va oila a'zolari bir guruh odamlar tomonidan olib ketilgani, bu odam yaşagan köça maxsus maşinalarda dezinfeksiya qilinganini xabar qiladi. Ovozli xabar davomida fuqaro virus yuqtirgan odam yana bir neça kişi bilan muloqotda bölgani, koronavirus Samarqandda ham tarqalganini hikoya qiladi.
Bu xabar yuzasidan Samarqand viloyat IIB hamda DXX Samarqand viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan tegişli işlar olib borilib, xabar tarqatgan odam Şavkat Ibrohimov ekani aniqlandi. U «Özbekiston 24» telekanali efirida qilgan aybini tan olib, xabarni döstlaridan eşitgan ma'lumot asosida tarqatganini aytadi.
Samarqandda koronavirus tarqalgani xaqida xabar tarqatgan Şavkat Ibrohimovga nisbatan Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194 va 195-moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib qonuniy qaror qabul qiliş uçun sudga yuborilgan. Oqdaryo tuman ma'muriy işlar böyiça sudi tomonidan huquqbuzarga 12 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi.












