«Yaxşi yangilik bor. Leykoplastirdagi mikroignalar yordamida jonivorlarga koronavirusga qarşi antitanalar hosil qiluvçi va virusning hujayralarga birikişining oldini oluvçi vaksina kiritildi. Endi u insonlarni ham kasallikdan himoya qila olişini sinaş vaqti keldi», – deb yozgan u Tvitterdagi sahifasida.

Ayni vaqtda koronavirusga qarşi vaksinalar Rossiyada siçqonlar, olaközan va maymunlarda sinalmoqda. Bu sinovlar aprel oyi oxirlarida nihoyalanişi kutilmoqda. Şanba kuni «Vektor» davlat ilmiy markazi boş direktori Rinat Maksyutov xabar bergandiki, boşlanğiç klinik tadqiqotlar 11 maydan, klinik tadqiqotlar 29 iyundan boşlanadi.

Yangi koronavirus çaqiruvçi kasallikning avj olişi 2019 yilning oxirida Markaziy Xitoyda ilk marta qayd etilgandi. Kasallik Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan 11 mart kuni pandemiya deb tan olindi. Sönggi ma'lumotlarga köra 1,26 million kişi kasallikka çalingan, vafot etganlar soni 68 ming kişidan oşgan.