Rossiyada koronavirusdan tuzalganlarning qon plazmalarini bemorlarga quyiş orqali davolaş böyiça dastlabki muolajalar ötkazildi. Koronavirusdan davolaşning yangi usuli haqida Moskva merining örinbosari Anastasiya Rakova ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Moskvada koronavirusdan tuzalgan 11 nafar kişi donorga aylangan. Ularning qoni yetti nafar bemorga quyilgan.
«Biz boşqa mamlakatlardagi hamkasblarimizning işlanmalarini muntazam kuzatib bormoqdamiz, xuddi şunday tadqiqotlar Xitoy, Germaniya va AQŞda muvaffaqiyatli ötkazilmoqda. Yangi usul koronavirus pandemiyasiga qarşi samaraliroq kuraşişimizda yordam berişiga umid qilamiz», — dedi Rakova.
9 aprel holatiga köra, Rossiyada koronavirusga çalinganlar soni 10 100dan oşgan, 76 kişi vafot etgan, 698 kişi tuzalgan. Mamlakatning 85ta regionidan faqat törttasidagina koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar qayd etilmagan. Bular Oltoy Respublikasi, Nenets avtonom okrugi, Tuva va Çukotka.













