Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 10 aprel kuni paxtaçilik va ğallaçilikda klaster tizimini rivojlantiriş, bahorgi agrotexnik işlarni samarali taşkil qilib, hosildorlikni oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
«Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi insonlar hayotiga xavf soliş bilan bir qatorda butun dunyoni iqtisodiy inqirozga olib kelayotgani tobora aniq bölib bormoqda. Xalqaro taşkilotlar tahlillariga köra, pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga zarari kamida 5 trillion dollarni taşkil qiladi.
Xususan, yuqori daromad beradigan xalqaro turizm, transport va logistika sohalarida tuşumlar 2 barobargaça kamayişi kutilmoqda. Sanoatning köplab tarmoqlarida işlab çiqariş zanjiri buzilişi hisobiga ham zarar katta bölişi taxmin qilinmoqda.
Bu vaziyatda oziq-ovqat ta'minoti masalasi kuçayib, ayrim davlatlar özi yetiştirgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini çetga çiqarmaslik çoralarini körmoqda. Şuning uçun qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylanib boryapti.
Keça Jahon banki öz hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiyotning ösiş sur'atlarini ta'minlaydigan manba qişloq xöjaligi ekanligini e'lon qilib, bu borada Özbekistonda imkoniyatlar kattaligiga alohida e'tibor qaratdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bugungi yiğilişda davlat rahbari endi barça hokimlar, sektor rahbarlari agrar sohadagi rezervlarni safarbar qilib, mahsulot işlab çiqarişni köpaytirişi kerakligini ta'kidlagan. Şundagina iqtisodiyotning boşqa tarmoqlaridagi yöqotişlar örnini qisman töldirib, aholi bandligi va daromadini ta'minlaş mumkinligi qayd etilgan.
«Ma'lumki, mamlakatimiz qişloq xöjaligida ğoyat keng qamrovli va jiddiy islohotlar olib borilmoqda. Xususan, paxta va ğallaga davlat buyurtmasidan voz keçilib, narx belgilaş erkinlaştirildi. Mahsulot işlab çiqarişda klaster tizimiga ötildi va ularning rivojlanişi uçun barça şaroitlar yaratildi. Bundan maqsad – mahsulot hajmini keskin oşiriş, yuqori qöşilgan qiymat va yangi iş örinlari yaratiş, eng asosiysi – daromad va manfaatdorlikni oşirişdan iborat.
Klasterlar qişloq xöjaligida innovatsion ğoyalar va tejamkor texnologiyalarni joriy qilib, iqtisodiy samaradorlikni ta'minlayapti.
Misol uçun, ötgan yili Quyi Çirçiq tumanidagi «TST klaster», Döstlik tumanidagi «Sangzor tekstil» klasteri paxtadan gektaridan örtaça 30-35 sentner xirmon kötarib, hosildorlikni undan oldingi yilgiga nisbatan qariyb 2 barobarga oşirdi. Qörğontepa tumanidagi «Xanteks» klasteri tomçilatib suğoriş joriy qilingan paxta maydonlarida örtaça 70 sentnergaça hosil oldi.
Bunday natijalar paxtaçilikda hali rezerv köpligini yaqqol körsatib turibdi. Yiğilişda klasterlar bu imkoniyatlardan töliq foydalanib, özi faoliyat yuritayotgan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qöşişi, odamlarning ongi va turmuş tarzini ijobiy tomonga özgartirişi kerakligi qayd etildi.
Buning uçun zarur qulaylik yaratilmoqda. Misol uçun, pandemiya ta'sirini yumşatiş böyiça qabul qilingan farmonlarga muvofiq, kreditlarni qaytariş muddati uzaytirildi, soliq böyiça qator yengilliklar joriy qilindi.
Buni töğri baholagan, yurtini sevgan klasterlar rahbarlari paxta hosildorligini 10 sentnerga va ğalla böyiça 20 sentnerga oşiriş böyiça taşabbus bilan çiqdi», deyiladi xabarda.
Prezident bugungi oğir şaroitda barça rahbarlar va fermerlar bir bölib, mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş bilan şuğullanişi lozimligini ta'kidlagan.
Klasterlar faoliyatini muvofiqlaştiriş, ilğor tajribalarni keng joriy qiliş maqsadida Paxta yetiştiruvçi va qayta işlovçi klasterlar uyuşmasini taşkil qiliş taşabbusi ma'qullandi.
Mutaxassislarning fikriga köra, bu yil suv ta'minoti juda oğir böladi. Şuning uçun suv resurslarini tejab işlatiş ğoyat muhim, suvni 2 barobar iqtisod qiliş çoralarini köriş zarur.
Suv xöjaligi vazirligiga uşbu hayotiy resursning aniq hisob-kitoblar asosida ajratilişini ta'minlaş, bu yil 150 ming gektar maydonda suv tejovçi, şu jumladan, 44 ming gektarda tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qiliş vazifasi yuklatildi.
Videoselektor yiğilişida ğallaçilikka doir çora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Pandemiya natijasida oxirgi uç oyda mamlakatimizga kirib kelayotgan un hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 50 foizga, don 31 foizga kamaydi. Bugungi epidemiologik vaziyat har qanday şaroitga tayyor böliş darkorligini, oziq-ovqat aholining talabi darajasida zaxira qilinişi zarurligini körsatmoqda.
Ötgan yili ğallaning davlat xarid narxlari oşirilib, dehqonlarning manfaatdorligi ta'minlangani va qöşimça don yetiştirilgani uçun içki bozordagi narxlar barqaror saqlanib turibdi.
Bu mavsumda esa qöşimça agrotexnik tadbirlarni bajarib, ğalla hosildorligini 20 sentner köpaytiriş, gektaridan kamida 70 sentnerdan hosil oliş çoralarini köriş zarurligi ta'kidlandi.
Şu maqsadda har bir viloyat va tuman uçun ilmiy asoslangan tavsiyalarni işlab çiqib, ularga muvofiq agrotexnik tadbirlarning töğri yölga qöyilişini taşkil etiş muhimligi ta'kidlandi. Ğallani oziqlantiriş, zang kasalligi, zararkunanda va begona ötlarga qarşi kimyoviy işlov beriş, örim-yiğimni uyuşqoqlik bilan taşkil etiş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Joriy yilda taşkil qilingan 102ta ğallaçilik klasteri fermerlarga namuna bölib, olingan qöşimça don hisobidan aholiga arzon göşt, baliq va parrandaçilik mahsulotlari yetkazib berişi maqsadga muvofiq.
Pandemiya davrida barça davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelişining oldini olişga qaratilgan jiddiy çoralarni körmoqda. Ötgan yili may-dekabr oylarida yurtimizga 116 ming tonna kungaboqar, 7 ming tonna soya, 15 ming tonna guruç, 2,6 ming tonna dukkakli ekin yormalari import qilingan.
Bu oziq-ovqat mahsulotlari turlari va hajmini köpaytiriş ustida jiddiy işlaş kerakligini anglatadi. Nafaqat import örnini töldiriş, balki yangi eksport bozorlarida örin topiş zarur. Şunda hozirgi global inqirozdan kuçli davlat bölib çiqiş mumkin.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini köpaytiriş maqsadida 10 ming gektar yangi boğ va 9 ming gektar tokzorlar orasiga kartoşka, sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, kökat, nöxat, moş, loviya, pomidor, bodring, bulğor qalampiri va poliz ekinlari ekiş böyiça körsatma berildi.
Baxmal, Yangiobod, Foriş va Qöşrabot tumanlarida yuzlab quduqlar qazilib, 10 ming gektar lalmi yer maydonlarida uzumzorlar barpo etilgan edi. Yiğilişda bu tajribani barça viloyatlarda joriy qiliş, lalmi yerli tumanlarga burğulaş texnikalari yetkazib beriş zarurligi qayd etildi.
Barça sektor rahbarlari öz hududida oziq-ovqat zaxirasini hisob-kitob qilib, içki imkoniyatlarini kengaytirib borişi kerakligi aytildi.
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari va klasterlar rahbarlari yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosini taşkil etiş yuzasidan axborot berdi.












