Prezident matbuot xizmati Şavkat Mirziyoyevning uşbu sammitdagi nutqini e'lon qildi.
– Hozirgi vaqtda butun dunyoda katta taşviş va xavotir uyğotayotgan koronavirus pandemiyasiga bağişlangan uşbu videomuloqotimiz favqulodda muhim va dolzarb ahamiyatga ega.
Hurmatli hamkasblarim töğri ta'kidlab ötganlaridek, bu xatarli ofat, jahonning barça mamlakatlari qatori, 160 milliondan ortiq aholiga ega bölgan davlatlarimizni ham çetlab ötmadi. Va afsuski, bu kasallik tobora tarqalib bormoqda.
Bu pandemiya, özining kölami va miqyosiga köra, mislsiz global inqirozga, butun başariyat taqdiri va jahon iqtisodiyoti uçun ğoyat jiddiy sinovga aylandi.
Ma'lumki, turkiy xalqlarimiz özlarining köp asrlik tarixida turli oğir sinovlar va murakkab damlarni boşidan keçirib, ularni hamjihatlik bilan mardonavor yengib ötişgan.
Mazkur sammitimiz hozirgi jiddiy va tahlikali vaziyatda umumiy yondaşuvlarni belgilab oliş va sa'y-harakatlarimizni uyğunlaştiriş, hamkorlikda dolzarb muammolarni tezkorlik bilan yeçişga xizmat qiladi, deb işonaman.
Buning asosiy yönalişlari:
pandemiya keng tarqalişining oldini oliş, odamlarning soğliği va hayotini himoya qiliş böyiça ta'sirçan hamda keng qamrovli çora-tadbirlarni işlab çiqiş;
uşbu xavf-xatarning davlatlarimizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga salbiy ta'sirini kamaytiriş;
bu borada tizimli hamkorlikni yölga qöyişdan iboratdir.
Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşda Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Isroil va Germaniyaning yuqori malakali şifokorlari bilan muntazam tajriba almaşib, ularning eng ilğor amaliyoti tele-meditsina orqali keng qöllanilmoqda.
Biz Özbekistonda epidemiologik vaziyatni nazoratga oliş maqsadida, xalqaro tajribadan kelib çiqib, barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdamiz.
Birinçidan, butun mamlakat miqyosida qat'iy karantin tizimi joriy etildi.
Bu borada aholining mas'uliyatini oşiriş maqsadida qisqa muddatda qonunçilikka tegişli özgartiriş kiritdik.
Ikkinçidan, koronavirusga qarşi kuraşiş uçun barça viloyatlarimizda maxsus tibbiyot maskanlari va karantin hududlarini taşkil etdik.
Misol uçun, Toşkent viloyatida barça şart-şaroitlarga ega maxsus karantin hududi işga tuşirildi. 20 ming örinli bu kompleksning 10 ming kişiga möljallangan birinçi bosqiçi foydalanişga topşirildi. Şuningdek, 10 ming örinli zamonaviy modul kasalxona şu oyning oxiriga qadar qurib bitkaziladi. Ular zarur tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta'minlanmoqda. Bu kasallikning oldini oliş maqsadida uşbu tajriba boşqa hududlarda ham keng tatbiq etilmoqda.
Şu bilan birga, bu kuraş maydonida birinçi zarbani öziga qabul qilayotgan, fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlarini har tomonlama rağbatlantiriş, ularning ijtimoiy himoyasini ta'minlaş kafolatlari kuçaytirildi.
Uçinçidan, kasallikni erta jilovlaş maqsadida aholi örtasida ogohlantiriş va keng tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Törtinçidan, ta'lim tizimi uzluksizligini ta'minlaş uçun bu sohadagi barça muassasalar öz faoliyatini töliq onlayn tarzda amalga oşirmoqda.
Beşinçidan, aholi oziq-ovqat, dori-darmon va zarur tibbiyot vositalari, boşqa hayotiy muhim aşyolar bilan muntazam ta'minlanmoqda.
Bu borada imkoniyatlari çeklangan, kam ta'minlangan va kömakka muhtoj aholi qatlamlariga beğaraz manzilli yordam körsatiş tizimi şakllantirildi.
Mazkur jarayonda keng jamoatçilik, nodavlat taşkilotlari va fuqarolik institutlari ham faol iştirok etmoqda.
Oltinçidan, iqtisodiyotning barça soha va tarmoqlarini töla qöllab-quvvatlaş mexanizmlari joriy etildi. Şu maqsadda Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi tuzildi.
Biznes va tadbirkorlik sub'yektlariga bank kreditlari foizlarini hisoblaşda «muzlatiş tartibi» hamda «soliq ta'tillari» joriy etildi. Soliqlar va import bojlari kamaytirildi.
Keyingi masala — biz mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni çuqur monitoring va prognoz qiliş böyiça milliy tizimni joriy etmoqdamiz.

Yuzaga kelgan qaltis vaziyat nafaqat milliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda zudlik bilan ta'sirçan çora-tadbirlar körişni talab etmoqda. Şularni inobatga olgan holda, ijozatingiz bilan, quyidagi takliflarni bildirmoqçiman:
Birinçi. Turkiy Kengaş doirasida doimiy faoliyat körsatadigan qöşma epidemiologik kuzatuv tizimini şakllantiriş zarur.
Ikkinçi. Davlatlarimizning soğliqni saqlaş vazirliklari örtasida öta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş, diagnostika, davolaş, epidemiologik holatni örganiş va ilmiy izlanişlar böyiça ma'lumot va tajriba almaşuvni keng yölga qöyiş lozim. Jumladan, hozirgi vaziyatdan kelib çiqqan holda, yetakçi mutaxassislarimiz iştirokida tez kunlarda birinçi video-konferensiyani ötkazişni taklif etaman.
Uçinçi. Turkiy Kengaş kotibiyatida pandemiyaga qarşi kuraşiş böyiça maxsus muvofiqlaştiruvçi guruhni tuziş lozim. Uşbu guruh davlatlarimizda faoliyat yuritayotgan milliy ştablar bilan yaqin amaliy aloqalar örnatişi kerak.
Mamlakatlarimizda olib borilayotgan sa'y-harakatlarni tezkor yoritiş, özaro tajriba almaşiş va undan keng foydalaniş uçun alohida ma'lumotlar bazasini yaratiş ham maqsadga muvofiqdir.
Törtinçi. Hozirgi ğoyat murakkab şaroitda qardoş xalqlarimizni zarur oziq-ovqat va meva-sabzavot, dori-darmon, tibbiyot mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlaş maqsadida yuk taşiş va transport kommunikatsiyalaridan keng foydalaniş, çegara punktlarida transport vositalarining özaro harakatlanişiga amaliy yordam körsatiş zarur.
Transport va logistika sohalarida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etiş va samarali muvofiqlaştiriş maqsadida transport vazirlarimizdan iborat Işçi guruhini taşkil etiş lozim.
Beşinçi. Koronavirus talafotlarini yumşatişda xalqaro taşkilotlar kömagi juda muhimdir.
Bu borada Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maqomi va vakolatlarini yanada oşiriş, uşbu nufuzli taşkilot va Turkiy Kengaş örtasida şeriklik aloqalarini örnatişni taklif etamiz.

Hammamizga ayonki, biron-bir davlat yakka holda uşbu pandemiya balosiga qarşi samarali kuraş olib bora olmaydi.
Biz birdamlik, hamkorlik va özaro ğamxörlik tamoyillari asosida iş tutişimiz lozim. Biz birgalikda köp narsaga qodirmiz.
Şu munosabat bilan video muloqotimiz natijalari böyiça yakuniy deklaratsiya qabul qilinişini qöllab-quvvatlayman.
Şunday murakkab vaziyatda mas'uliyatli faoliyatingizni ado etiş uçun barçangizga Yaratgandan kuç-ğayrat, mustahkam sihat-salomatlik, qardoş xalqlarimizga omonlik tilab qolaman.













