Hozir Yaponiya poytaxtida ob-havo ajoyib: iliq, lekin issiqmas va havo namligi ham yuqori emas. Ammo ulkan va aholisi ziç şaharning gavjum hududlarida odam siyrak — şahar aholisi hukumatning uydan faqat işga va juda zarur holatlardagina çiqiş töğrisidagi iltimosini yakdillik bilan ado etmoqda.
Boş vazir aholidan özaro muloqotni kamaytirişni söradi
8 aprel kuni koronavirus tarqalişi sababli Yaponiya tarixida ilk bor joriy etilgan favqulodda vaziyatning asosiy şarti ana şunday. Çeklovlar hozirça faqat Tokio va xavotirli vaziyat paydo bölgan yana oltita prefekturada kiritilgan. Ularda jami 55 milliondan ortiq kişi yaşaydi va Yaponiya yalpi içki mahsulotining qariyb yarmi işlab çiqariladi.
Favqulodda vaziyat rejimi bir oy muddatga e'lon qilingan va 6 maygaça amal qiladi. Bundan maqsad, mamlakat boş vaziri Sindzo Abe ta'kidlaganidek, odamlar orasidagi muloqotlarni 70–80 foizga kamaytiriş. Hukumat ekspertlarining fikriça, agar aholi ixtiyoriy ravişda öz-özini izolyatsiya qilişni ta'minlasa, ikki haftadan söng kasallik yuqtiriş holatlari eng yuqori çöqqisiga çiqadi va pasaya boşlaydi. Köpçilik bu hisob-kitoblarni ortiqça optimistik deb hisoblamoqda va vaziyat AQŞ yoki Yevropadagiçalik bölmasa-da, bundan ham yomoniga tayyorlanişga çaqirmoqda. (Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, 10 aprel holatiga Yaponiyada koronavirusga çalinganlar soni 5530 kişini taşkil etadi, 99 kişi vafot etgan, 685 kişi tuzalgan).
Ruxsatnoma va patrullar yöq
Boşqa mamlakatlardan farqli ölaroq, Yaponiya hukumati odamlarni uyda ötirişga majbur qiliş uçun keskin çoralarga qöl urmayapti. Ruxsatnoma tizimi yöq, köçada yurganlik uçun jarima solinmaydi, kuçaytirilgan politsiya patrullari va harbiylar körinmaydi. Aholi barça çeklovlarga ixtiyoriy ravişda rioya qilmoqda, odamlarning uyda ötirişlari esa qator obektlarning yopilişi bilan yanada mustahkamlanadi.
Obektlar röyxati favqulodda vaziyat joriy etilgan prefekturalar gubernatorlari tomonidan tuziladi, gap birinçi navbatda içkilik içiş muassasalari va restoranlar haqida boradi. Kinoteatrlar, muzeylar, stadionlar va odamlar gavjum böladigan boşqa joylar yopilgan, vokzal va aeroportlardan taşqari.
Temir yöl va aviataşuvlar hajmi keskin tuşgan — köplab aviaparvozlar bekor qilingan, mehmonxonalar böm-böş turibdi. Turizm biznesida 40dan ortiq kompaniya kasod böldi va bu hali boşlanişi.
Qiynalib qolgan biznesmenlar va oilalarga pul beriladi
Tokio vaziyatning jiddiyligini tuşunib turibdi: duşanba kuni boş vazir Abe zarar körayotgan biznesmenlar va şaxslar uçun favqulodda yordam paketini e'lon qildi. Uşbu maqsad uçun 108 trln iyen — qariyb 990 mlrd dollar ajratiladi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik ana şunday dastur bölib, u YaIMning 20 foizini taşkil etadi.
Oylik daromadi yarmidan köpiga qisqargan oilalarga 300 ming iyen (2,8 ming dollar atrofida)dan beriladi. Har bir bola uçun 10 ming iyen — 92 dollardan tölanadi. Daromadlari sezilarli darajada pasaygan kiçik va örtaça kompaniyalar egalariga 18 ming dollargaça subsidiya beriş va'da qilinmoqda. Hukumat xususiy banklarni tadbirkorlarga foizsiz kreditlarni garovsiz berişga undaydi. Kompaniyalar daromadi pasaygan taqdirda soliqlarning bir qismidan ozod etiladi.













