Yaponiya poçta xizmati 17 apreldan uylarga bepul tibbiy niqoblar yetkazib berişni yölga qöydi. Japan Times gazetasining yozişiça, har bir poçta qutisiga ikki dona tibbiy niqob va ularni qanday yuviş borasidagi qöllanma taşlab ketilmoqda.

Niqoblar yetkaziş koronavirusga çaliniş eng köp qayd etilgan mavzelardan boşlandi. Aholini bepul niqob bilan ta'minlaş mamlakat boş vaziri Sindzo Abening topşiriği bilan amalga oşirilmoqda. Qayd etilişiça, 50 millionga yaqin oilaga bepul niqob tarqatiladi.

Juma kuni Tokioda ilk marta koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlar 200dan oşdi – meriya şaharda 201 kişida kasallik aniqlanganini tasdiqladi. Şaharda kasallik yuqtirganlar soni 2796taga, butun Yaponiya böyiça esa 9231taga yetdi.

16 aprel kuni Abe butun Yaponiya böyiça 6 maygaça favqulodda holat rejimi joriy etilişini ma'lum qildi. 15 aprel kuni mamlakat boş vaziri hukumat daromadidan qat'i nazar har bir fuqaroga 100 ming iyendan (930 dollar) yordam puli berilişini e'lon qildi.