Istanbullik 107 yoşli Havoxon Karadeniz koronavirusga çalingandi va bu kasallikdan foriğ böldi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Onaxon 7 aprel kuni yötal va yuqori harorat bilan Istanbuldagi ilmiy-tadqiqot klinikasiga keltirilgan. Tibbiy tekşiruv natijasida unda koronavirus aniqlangan.

Agentlikning ma'lumot berişiça, ayol bir hafta içida soğayib ketgan. Şifokorlar u kuçli immuniteti tufayli şunday qisqa muddat içida soğayişga muvaffaq böldi deb hisoblaşmoqda. 

Onaxon hozirda uyida 14 kunlik karantinni ötamoqda. Uning nabirasi Ender Çirag ham uyida karantinda.

Turkiyada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq birinçi holat 11 martda qayd etilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda koronavirusga çalinganlar soni 82 ming kişidan oşgan.