Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qizi Yelizaveta özining Instagram sahifasida e'tiqodli ekanligini yozdi va Ramazon oyida röza tutişini bildirdi.

U aslida Rossiya pravoslavlarini Pasxa bilan tabriklab post qoldirgan.  

Yelizaveta postida ota-onasi uni bolaligida heç bir dinga yönaltirmaganini, ulğayganida qaysi dinga e'tiqod qilişni öziga qöyib berişganini yozgan.

U Rossiyada haqiqiy pravoslavlik dini borligiga şubha bildirgan.

«Muhtaşam korteji bölgan patriarx işonçga sazovor emas», - deb yozgan Peskova.  

Yelizavetaning sözlariga köra, u hozirça din borasida aniq tanlov qilmagan, ammo uning qalbiga Islom dini yaqin.

«Albatta, lekin men islom diniga yaqinroqman», – deb yozgan Peskova, foydalanuvçilardan birining u buddizmni örgangani töğrisidagi savoliga javoban.

Foydalanuvçilar şuningdek, uning Ramazon oyida röza tutişiga qiziqişgan.

«Ha», - deb javob bergan Peskova va ötgan yili bir neça kun röza tutganini qöşimça qilgan.

OAVning yozişiça, Kreml matbuot kotibining qizi ötgan yili Ramazon oyida bir neça kun röza tutgan.

«Tibbiy nuqtai nazardan, Ramazon organizm uçun juda foydali (agarda töğri ovqatlanilsa). Asosiysi, har qanday rözadan maqsad – intizom, rohatlardan voz keçiş, diqqatni ruhiy holat va fikrlaşga qaratiş», deb yozgan Yelizaveta Peskova.

Uning sözlariga köra, röza tutişda uning uçun eng asosiysi niyat bölgan. 

«Niyat bölsa, organizm özi moslaşib oladi va talab qilmay qöyadi», deb ta'kidlagan u.