Suvsizlaniş – eng köp uçraydigan omil
Tibbiy kuzatuvlarga köra, röza vaqtida boş oğriğining eng keng tarqalgan sababi suvsizlanişdir. Kun davomida suyuqlik qabul qilinmaganda, qon hajmi biroz kamayadi, bu esa miya qon tomirlariga ta’sir qilib, oğriq retseptorlarini qözğatişi mumkin.
Organizm hatto yengil darajadagi suvsizlanişga ham sezgir böladi. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, tana suyuqligining atigi 1–2 foizga kamayişi ham boş oğriği, çarçoq va diqqat pasayişiga olib keladi.
Şu sababli, şifokorlar iftorlik va saharlik oraliğida suyuqlikni birdaniga emas, bosqiçma-bosqiç, bölib-bölib içişni tavsiya qiladi.
Kofein abstinensiya sindromi
Röza boşlanişidan oldin muntazam qahva yoki çoy içib yurgan odamlarda boş oğriği köpinça kofein yetişmovçiligi bilan boğliq böladi. Nevrologiya böyiça kuzatuvlarga köra, kofein qon tomirlarini toraytiradi. Uni birdan töxtatganda tomirlar kengayadi, bu esa boş oğriğini keltirib çiqarişi mumkin. Kofein abstinensiya (bekor qiliş) sindromi odatda 12–24 soat içida boşlanadi va bir neça kun davom etişi mumkin. Mazkur jarayondan kelib çiqib, mutaxassislar Ramazondan oldin kofein miqdorini asta-sekin kamaytirişni tavsiya qiladi.
Qondagi glyukoza pasayişi
Ovqatlaniş rejimi keskin özgarganda qondagi glyukoza darajasi vaqtinça tuşişi mumkin. Miya energiya sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, uning keskin pasayişi boş oğriği, boş aylanişi va holsizlikni çaqirişi ehtimoli mavjud.
Bu ayniqsa:
- nonuşta qilmasdan yurişga örganmaganlar;
- qandli diabetga moyilligi borlar;
- tez hazm böladigan uglevodlarni köp iste’mol qiladiganlarda köproq kuzatiladi.
Mutaxassislar saharlikda faqat şirin yoki oq undan tayyorlangan mahsulotlar emas, sekin hazm böladigan uglevodlar, oqsil va tolaga boy mahsulotlar iste’molini tavsiya qiladi. Bu glyukoza darajasining barqaror saqlanişiga yordam beradi.
Uyqu rejimi buzilişi












