Özbekiston Respublikasining Turkiyadagi elçixonasi hamda Istanbuldagi Boş konsulxonasi huzurida taşkil qilingan Tezkor ştablarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarşi kuraş uçun zarur böladigan dori-darmon va tibbiy vositalarni yiğiş, ularni Özbekistonga jönatiş böyiça keng qamrovli işlar izçil amalga oşirilmoqda.

Bu kabi ezgu intilişlar turkiyalik hamkor va işbilarmon doira vakillarining faol kömagida amalga oşirilyapti, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sa'y-harakatlarning amaliy natijasi ölaroq, 23 aprel kuni Özbekistonning Anqarada joylaşgan elçixonasi va Istanbuldagi Boş konsulxonasi kömagida turkiyalik biznes doira vakillari tomonidan şakllantirilgan beğaraz insonparvarlik yordami “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining maxsus samolyotida Toşkentga yetkazildi.

Turkiyadan olib kelingan qimmatli yuk tarkibi 50 mingta tibbiy niqoblar, 200 mingta kombinezon va 200 mingta yuz himoya vositalaridan şakllantirilgan.

Insonparvarlik yordami Turkiyaning «Çalık Holding» va «Kani-Med Healthcare» kompaniyalari tomonidan taqdim etildi. Uşbu taşkilotlar Özbekistonda amalga oşirilayotgan investitsiya siyosati va amaliy harakatlarni ham faol qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Respublikamizda koronavirus epidemiyasiga qarşi qat'iy çoralar körilayotgan ayni kunlarda qardoş turk hamkorlarning tibbiy vositalar körinişida yordam berayotgani Özbekiston va Turkiya taraqqiyotning yangi bosqiçiga birgalikda qadam qöyiş barobarida umumiy xavf-xatarlarga qarşi birdamlik körsatişga tayyor sodiq döst ekanini namoyiş qilmoqda.

Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasiga uşbu mamlakat hududlaridagi şeriklardan koronavirusni yengişda zarur böladigan dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalar körinişidagi insonparvarlik yordamining kelişi davom etmoqda.