Allamjonov pandemiya OAVga ham katta ta'sir ötkazganini ta'kidlar ekan, jumladan, şunday deydi: «Fikrimça, matbuot ham oğir jarayonlar va oğir davrga kirib kelmoqda. Gazeta naşrlariga keladigan bölsak, qöpol qilib aytgim kelmayapti, ammo men ularning kelajagini körmayapman. Bu inqirozlar boşlanmagan taqdirda ham gazetalar allaqaçon ötmişga aylangandi».
Albatta, bu sub'yektiv fikr ifodasi. Zotan, mulohazalarning birinçi şaxs tilidan bayon etilgani, qolaversa, şaxsga işora qiluvçi modal sözlar mavjudligi ham buni tasdiqlab turibdi. Ammo gazetalarning allaqaçon ötmişga aylangani haqidagi fikr sohadagi asosiy mas'ullardan birining tilidan aytilişi uning hukm ölaroq yangraşiga ham sabab böldi, deyiş mumkin. Ehtimol, şuning uçun ham ba'zi gazetalar muharrirlari bu gaplarga ehtiros bilan javob qaytarişgandir.
Komil Allamjonov — pandemiyaning OAVga ta'siri va matbuot erkinligi reytingi haqida
Xöş, Allamjonov bu borada qançalik haq? Gazetalar çindan ham ötmiş mulkiga aylanib ulgurdimi?
Keling, dastavval mana şu masalaga oydinlik kiritişga harakat qilamiz.
Gazetalarning kelajagi haqidagi bahslar keça yoki bugun paydo bölib qolgani yöq. Internet tarmoğining kölami kengayib borayotgan dastlabki kunlardayoq bu masala muhokama mavzusiga aylangani bor gap. Bir paytlar kino paydo bölgaç, teatrning ölişi haqidagi fikrlar aytilganidek, multimediaviy imkoniyatga ega internet paydo bölgaç, nafaqat bosma naşrlar, hatto radio va televideniyening kelajagiga ham şubha bilan qaraş tendensiyasi vujudga keldi. Ammo vaqt ötgani sayin şubha nayzasining uçi köproq bosma naşrlarga qaratila boşladi.
Bizningça, hozirda gazetalarning kelajagi bilan boğliq asosan ikki asosiy qaraş mavjud.
1. Optimistik qaraş
Yevropada çop etiladigan ayrim yirik bosma naşrlarning muharrirlari gazetalar tarixga aylanadi, degan fikrga qöşilişmaydi. Töğri, bugun dunyoning turli nuqtalarida, xususan, AQŞ va Yevropada bosma naşrlar tirajining pasayişi, qöşimça soliqlar, internet bilan raqobatda faoliyat olib boriş kabi jarayonlar matbuotga kuçli bosim ötkazmoqda. Qolaversa, texnologiyaning jadal rivojlanişi, iste'molçilar tanlovining özgaruvçanligi ham vaziyatni yanada murakkablaştirmoqda.
Associated Press agentligiga intervyu bergan Yevropa gazetalari muharrirlari hali ham kelajakka umid bilan qaraşmoqda. Ularning fikriça, internet media taraqqiyoti gazeta formatini özgartirsa-da, bu bir tahdid emas, balki imkoniyatdir. Ya'ni media inqilobi avvalgidek çuqur va tahliliy jurnalistikaga qaytiş uçun imkoniyat yaratişi mumkin.











