Mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 87 mingdan oşdi.

Rossiyada keyingi sutkada koronavirusga çaliniş böyiça 6198ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat tezkor ştabi xabar berdi.

Mamlakatning 85ta regionida jami 87 147ta holat aniqlangan.

Şu tarzda Rossiya koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda töqqizinçi öringa çiqdi.

Rossiyada 23 apreldan buyon ilk marta bir sutka davomida yangi holatlar qayd etilişi kamaydi – 6361ta holat.

Kasallikka çalinganlarning eng köp qismi Moskvada — 45 351 kişi.

Ötgan sutka davomida 50 kişi vafot etgan (jami 794 kişi vafot etdi).  

Pandemiya boşlanganidan buyon Xitoyda 82 830 kişi koronavirusga çalingan (Jons Hopkins universiteti Hongkong va Makaodagi holatlarni ham qöşib 83 912 nafar kişi kasallikka çalinganini qayd etgan).