Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Rospotrebnadzor va boş vazir örinbosari Tatyana Golikovaga mamlakatda koronavirus tarqalişi sababli joriy etilgan çeklovlarni olib taşlaş rejasini tayyorlaşga topşiriq berdi.
Boş vazir farmoyişiga köra, çeklovlarni olib taşlaş yoki yumşatiş konsepsiyasi 29 aprelgaça tayyor bölişi lozim.
27 aprel kuni Rospotrebnadzor boşliği Anna Popova Rossiyada çeklovlarni 12 maygaça uzaytiriş maqsadga muvofiqligini aytgandi. Uning sözlariga köra, rossiyaliklarda «yakkalaniş rejimi» ikki inkubatsion davr davom etadi, ammo mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yaxşilaş uçun uçta inkubatsion davr zarur. Uçinçi davr aynan may bayramlariga töğri keladi, rossiyaliklar şu davrda uylarida ötirişlari kerak böladi, dedi Popova.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Rossiyada koronavirusga çalinganlar soni 93,5 mingdan oşgan, 867 kişi vafot etgan, 8456 kişi soğaygan.













