Vazirlar Mahkamasining “Ğalaba boği majmuasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi va Toşkent şahar hokimligining:
Toşkent şahri Olmazor tumanida barpo etilgan Ikkinçi jahon uruşi davriga oid Ğalaba boği va uning kiriş qismi, boğ tarkibidagi Markaziy xiyobon, Temir yöl vokzali, harbiy texnikalar maydonçalari, Amfiteatr va ma'muriy bino, Ğalaba hududi, Uruşning dahşatli qiyofasi, Front orti hududi, Motam va anduh hududi, Şodu-xurramlik hududi, Şukronalik hududi, Ğalaba hududi, Şon-şaraf davlat muzeyi hamda monument va haykallardan iborat yuridik şaxs maqomiga ega bölgan davlat muassasasi şaklidagi “Ğalaba boği majmuasi” faoliyatini taşkil etiş;
Majmuani operativ boşqaruv huquqi asosida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga beriş;
Majmua hududida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazini bepul foydalaniş huquqi bilan joylaştiriş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar Majmuaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Ikkinçi jahon uruşi maydonlari va front ortida mardlik, jasorat va matonat körsatgan Özbekiston xalqiga yuksak hurmat hamda ehtirom körsatiş, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va front orti mehnatkaşlari nomlarini abadiylaştiriş, özbek xalqining buyuk ğalabaga qöşgan hissasini keng miqyosda yoritiş;
aholining tarix bilan hamnafas bölib, ötganlar xotirasini yod etişi, ularga hurmat bajo keltirişi, şuningdek, mazmunli dam olişi bilan boğliq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni hamda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy keçalar, körgazmalar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş;
turistlar, ilmiy tadqiqotçilar va taşrif buyuruvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, Majmuada zamonaviy kompleks dam oliş maskanlarini taşkil etiş va uning turistik salohiyatini oşiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
yoşlarni uruşning dahşatli oqibatlarini heç qaçon unutmaslikka çorlaş, mustaqillik, tinç va osuda hayotning qadriga yetiş, Vatan himoyasiga doimo tayyor turiş ruhida tarbiyalaş işlarida qatnaşiş;












