Rossiya quriliş va uy-joy-kommunal xöjaligi vaziri Vladimir Yakuşev SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi bilan zararlandi, deb xabar berdi vazirlik Telegram-kanali.
«Rossiya quriliş vazirligi rahbari Vladimir Yakuşev kasalxonaga yotişga qaror qildi. Vazir va uning örinbosarlaridan biri Dmitriy Volkovda koronavirus taşxisi tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
«Şahar kasalxonalaridan birida davolanaman. Aloqada bölaman», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi kanal.
Yakuşevning vazifasini vaqtinça Nikita Stasişin bajarib turadi.
Avvalroq Rossiya boş vaziri Mixail Mişustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.
«Hozirgina men koronavirus infeksiyasini aniqlaş uçun topşirgan testlarim musbat natija bergani ma'lum böldi. Şu sababli «Rospotrebnadzor» talablariga köra hamkasblarimning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida men öz-özimni izolyatsiya qiliş qoidalariga, vraçlarning körsatmalariga amal qilişim kerak», degan boş vazir.
Mişustinning vazifasini vaqtinça uning örinbosari Andrey Belousov bajarib turişi töğrisida farmon imzolandi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 114,5 mingdan oşib ketdi, 1100dan ortiq kişi vafot etdi.













