«Sizga aytişim mumkinki, u Uhandagi laboratoriyadan çiqqaniga köplab isbotlar bor», deb aytgan Pompeo ABC telekanalidagi «This Week» dasturi efirida. 

Avval Markaziy razvedka boşqarmasi direktori lavozimini egallagan Pompeo virusni yaratilgan, deb ta'kidlamagan. U AQŞ milliy razvedkasining virus genetik özgartirilmagani yoki inson tomonidan yaratilmagani haqidagi hisobotidan rozi ekanini aytgan. «Men razvedka nima deyayotganini kördim. Menda ular xato qilgan bölişlari mumkin, deb hisoblaşga asos yöq», deb ta'kidlab ötgan AQŞ davlat kotibi. Şu bilan birga Pompeo virus ataylab çiqarilgan bölişi mumkinligini bilişi-bilmasligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortgan.

Avvalroq Avstraliyaning The Daily Telegraph naşri 5 ta davlatning (AQŞ, Avstraliya, Kanada, Britaniya va Yangi Zelandiya) “Beş köz” razvedka ittifoqi hisobotiga tayanib, Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus avj olgani haqidagi ma'lumotlarni yaşirgani va yöq qilib yuborganini ma'lum qilgan. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirus haqidagi ma'lumotlarni ataylab yaşirgani aniqlansa, buning uçun javob berişini aytgandi. Trampning ta'kidlaşiça, virus tarqalişi Uhandagi laboratoriyadan boşlangan.