Facebook va Google uydan turib işlaş imkoniyatiga ega xodimlariga yil oxirigaça şu rejimda işlaşga ruxsat berişini e'lon qildi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 

Facebook ofislari 6 iyuldan oçilişi rejalaştirilgan. Qaysi xodimlar ofislarga qaytişi borasida kompaniya hozirça bir qarorga kelmagan.  

Avvalroq Facebook xodimlari uydan turib işlagani uçun 1000 dollardan mukofot olgandi.

Google xodimlarni 1 iyundan işga qaytarmoqçi edi, ammo endilikda fikrini özgartirdi.

Kompaniya boş direktori Sundar Piçai ofislarga qaytiş iyuldan boşlanişini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, uydan turib tölaqonli işlay oladigan xodimlar yil oxirigaça uydan işlaşda davom etişlari mumkin.

Aprel örtalarida Mark Tsukerberg 50dan ortiq kişi iştirokidagi tadbirlar 2021 yil iyungaça ötkazilmasligini, xodimlar esa yoz oxirigaça uylaridan işlaşlari mumkinligini e'lon qilgandi.