Stenford universiteti professori Skott Xabbardning ta'kidlaşiça, Marsdagi tuproq jinslari bilan birga Yerga yangi viruslar olib kirilişi mumkin.
Uning aytişiça, boşqa sayyoradan Yerga viruslar tuproq, fazoviy kemalar hamda fazogirlarning özlari bilan tuşişiga yöl qöymaslik uçun muayyan yöriqnomalar işlab çiqilişi lozim.

“Barça tizimlar kimyoviy tozalaş va issiqlik bilan sterillaşdan ötişi kerak. Namunalar saqlangan probirkalarga xuddi ularda Ebola virusi bordek işlov berilişi lozim”, deb aytgan olim.

Xabbardning ta'kidlaşiça, Marsdan qaytgan fazogirlar Oyga ilk qadam qöygan fazogirlar kabi karantindan ötişlari lozim.
Şu bilan birga olim Qizil sayyora sirtidan olingan jinslar bilan birga sayyoramizga viruslar olib kirilişi ehtimoli ozligini ta'kidlab ötgan.

Ma'lumotlarga köra, NASA taxminan 2035 yilda Marsga fazogirlar yuborişni rejalaştirmoqda.












