Mars çangi sayyora yuzasining deyarli hamma joyida uçraydi. U toğ jinslarining yemirilişi natijasida hosil böladi, şamol bilan köçadi va çang böronlari paytida atmosferaga kötariladi.
Bu çang hozirning özidayoq Qizil sayyorada işlayotgan apparatlar uçun muammo tuğdiradi. U quyoş panellari va datçiklar ustiga ötirib qoladi. Kelajakda esa astronavtlarning skafandrlari, tadqiqot bazalari jihozlari va yaşaş modullariga ham tuşişi mumkin.
Perseverance 2021-yildan buyon Yezero krateri hududini örganmoqda. U qadimiy toğ jinslarini tekşiradi, ötmişda hayot uçun qulay şaroitlar mavjud bölganini körsatuvçi belgilarni izlaydi va keyinçalik Yerga olib keliş ehtimoli uçun namunalar töplaydi.
Marsoxodda materiallarning kimyoviy tarkibini aniqlaydigan PIXL rentgen asbobi örnatilgan. Uning kalibrovka nişonlarida teflon va bazalt şişasi namunalari bor. Boşqa bir asbob - SHERLOC’ning kalibrovka qismiga esa skafandrlar uçun möljallangan materiallar, jumladan, teflon va mustahkam Vectran matosi joylaştirilgan.
Skott Van Bommel boşçiligidagi xalqaro tadqiqotçilar guruhi ana şu yuzalarda çang qanday töplanganini tahlil qildi. Olimlar rentgen ölçovlari va hisoblaş modeli yordamida zarraçalarning tarkibi hamda ölçamlarini baholadi.
Hisob-kitoblarga köra, PIXL’ning teflonli kalibrovka nişonidagi çang zarraçalarining örtaça ölçami taxminan 1400 nanometrni, bazalt şişasi ustidagilarniki esa atigi 140 nanometrni taşkil etgan. Skafandr materiallari namunalarida bu körsatkiç Vectran matosi uçun 2100 nanometr, teflon uçun esa 300 nanometr deb baholangan.
Bu raqamlar alohida çang zarraçalarini bevosita suratga oliş orqali olinmagan. Olimlar ularni yuzada töplangan qatlam qalinligi asosida hisoblab çiqqan. Şu bois ayrim zarraçalar amalda bundan ham maydaroq bölişi mumkin.
Tahlil çang tarkibida kremniy, temir va oltingugurt birikmalari borligini, şuningdek, u fosforga boyiganini körsatgan. Eng mayda zarraçalar elektr zaryadlari taʼsirida yuzalarga yopişib qolişi mumkin. Matoda esa tolalarning özaro töqilişi ularni uşlab turadi. Natijada çang marsoxod harakatlanganida va tebranganida ham materiallardan töliq ajralmaydi.
Kelajakdagi astronavtlar uçun bu ikki xil muammoni keltirib çiqaradi. Avvalo, sayyora yuzasida işlab qaytgan odamning skafandriga yopişgan çang yaşaş moduli içiga kirişi mumkin. Havoga aralaşgan öta mayda zarraçalar esa nafas yöllarining tabiiy himoya tösiqlaridan ötib ketiş ehtimoliga ega.












