Turkiyada 1 iyundan boşlab xorijdan kelayotgan barça çet elliklar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga test topşirişi majburiy böladi. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoyga tayanib Airport Haber xabar qildi.

Vazirning qayd etişiça, koronavirusga test pasport nazoratidan avval ötkaziladi. Yölovçilar töplanişining oldini oliş maqsadida tahlil oliş 2-3 daqiqadan ortiq vaqtni olmaydi. Test natijalari 5-6 soatdan söng çiqadi. Agarda turistda koronavirus aniqlansa, u mehmonxona xonasida izolyatsiyaga olinadi.

Ma'lumotlarga köra, Turkiya «Soğlom turizm sertifikati» dasturini işga tuşirmoqda. 2020 yil yoz mavsumidan amal qilişni boşlaydigan dastur turizm sohasi vakillari va mamlakatga keladigan mehmonlarning salomatligini asraş, ularni taşiş, yaşaş şaroitlari xavfsizligi böyiça keng kölamdagi çoralarni öz içiga oladi.

Turkiyaning Özbekistondagi elçixonasi matbuot maslahatçisi Dovud Gazi Benli dastur yuzasidan Kun.uz`ga qöşimça ma'lumot berdi.  

«Xudo xohlasa, 1 iyuldan boşlab Özbekiston va Turkiya örtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi va özbekistonliklar turizm, savdo yoki boşqa maqsadlarda Turkiyaga taşrif buyurişlari mumkin böladi.

Turizm sohasi tiklanayotgan bölsa-da, barça mehmonxonalar ham oçilmaydi. Faqat yuqorida ta'kidlangan sertifikatga ega sub'yektlargina faoliyat körsatişiga ruxsat beriladi», – dedi Dovud Gazi Benli