«Ötkazilgan sörovlarda eng köp e'tirozlar Böstonliq, Muborak, Yakkaboğ, Törtköl, Söx, Marhamat tumanlari hamda Ohangaron şahri tadbirkorlaridan bildirilgan.
Mana, hozir yiğilişda tegişli barça mas'ul rahbarlar ötiribdi. Ular bir hafta içida yuqorida keltirilgan tumanlarning hokim, prokuror, içki işlar va soliq boşliqlarini işdan oliş böyiça taklif berişadi. Agar yöq, ularning mas'uliyatini böynimga olaman, bir oy içida vaziyatni önglaydi, deb kafolat bersa, ularni olib qolamiz. Bölmasa, işlamaydi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişida tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta'minlaş masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgani, prezident barça hokimlarni ogohlantirgani xabar qilingandi.
Yiğilişda tadbirkorlar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim tuman va şahar hokimlarini vazifasidan ozod qiliş böyiça körsatma berilgan.
Ma'lumot uçun, bugun Qaşqadaryo viloyatining Muborak va Yakkaboğ tumanlarida hokimlar özgartirilgandi.











