Kompaniya koronavirus pandemiyasi sababli yuz bergan iqtisodiy pasayişning navbatdagi qurboniga aylandi.

Kompaniya bayonotida aytilişiça, koronavirus pandemiyasi sayohatlar va avtomobillar ijarasiga bölgan talabga keskin ta'sir qilgan, natijada daromad pasayib ketgan. Turistlardan taşqari, avtomobili ta'mirlaşda bölganlar ham servis mijozlari hisoblanadi. Ammo COVID-19 bois köpçilik uyida qolmoqda va ularga maşinaning keragi yöq. Hertz körsatkiçlar qaçon avvalgi darajaga qaytişini bilmasligini tan oldi.

Avvalroq AQŞda JCPenney, Neiman Marcus va J.Crew kiyim dökonlari tarmoqlari, Whiting Petroleum va Diamond Offshore Drilling energetika kompaniyalari bankrot bölganini e'lon qilgandi.

Hertz kompaniyasining dunyo böyiça 568 mingga yaqin avtomobili va 12,4 mingga yaqin ijaraga beriş nuqtalari bor.

Uşbu servis 1918 yilda taşkil etilgan va işini ön dona "Ford" avtomobili bilan boşlagan. Kompaniya Buyuk tuşkunlik, Ikkinçi jahon uruşi va bir neçta neft inqirozlaridan omon çiqqandi.