Italiyada koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari natijasida 1 millionga yaqin iş örni qisqariş xavfi ostida turibdi. Bu haqda Italiya sanoati umumiy konfederatsiyasi (Confindustria) prezidenti Karlo Bonomi ma'lum qildi.
"May oyi yakuni böyiça ma'lumotlarni kutyapmiz, ammo gap xavf ostida turgan 700 mingdan 1 milliongaça iş örni haqida bormoqda", - dedi u.
Bonomi Italiya hukumatini keskin tanqid qildi.
"Men favqulodda vaziyatga e'tibor qaratgan siyosiy sinfni körib turibman va bu töğri. Ammo u bizning qayerga qarab ketişimiz borasida strategiyaga mutlaqo ega emas va bu qattiq xavotirga solmoqda", - dedi Confindustria prezident.
Avvalroq Italiya hukumati koronavirus epidemiyasidan jabr körgan biznes va aholiga yordam berişga qaratilgan 55 mlrd yevrolik rağbatlantiruvçi çoralar paketini ma'qullagandi.
Xususan, yuqoridagi summadan 25,6 mlrd yevro vaqtinçalik işsiz qolgan işçilarga nafaqalar va özini iş bilan ta'minlarga bonuslar tölaşga sarflanadi. Kompaniyalarni qöllab-quvvatlaşga 15-16 mln yevro sarflanadi. Yana 3,25 mlrd yevro soğliqni saqlaş tizimiga möljallangan.
Italiyada 2 oylik karantindan keyin biznes va harakatlanişga çeklovlar sekin-asta bekor qilinmoqda.













