Visual Capitalist taqdim etgan infografika Iqtisodiy va biznes tadqiqotlari markazi - Centre for Economics and Business Research (Cebr) tayyorlagan «World Economic League Table 2026» hisobotiga asoslangan. Unda 190 ta mamlakat va hududning 2040-yildagi yalpi içki mahsuloti (YAIM) hajmi böyiça prognozlar keltirilgan.

Hisob-kitoblarga köra, jahon iqtisodiyoti 2026-yil uçun baholangan qariyb 124 trillion dollardan 2040-yilda 227 trillion dollargaça ösadi. Bu 14 yil davomida taxminan 103 trillion dollarlik qöşimça hajm yoki 83 foizlik nominal ösişni anglatadi.

Bu yerda «nominal» tuşunçasiga eʼtibor beriş kerak. Körsatkiçlar har bir yilda amalda böladigan narxlarda, AQŞ dollarida hisoblangan va inflyatsiya taʼsiridan tozalanmagan. Demak, 83 foizlik ösiş işlab çiqarilayotgan mahsulot va körsatilayotgan xizmatlar miqdori ham aynan şunça köpayadi, degani emas. Narxlar va valyuta kurslarining özgarişi ham dollarda ifodalangan YIM hajmiga taʼsir qiladi.

Cebr bahosiga köra, 2026-yilda AQŞ iqtisodiyoti hajmi 31,6 trillion dollarni taşkil etib, jahon YIMning qariyb 26 foiziga teng böladi. Xitoy uçun esa bu körsatkiç 20,9 trillion dollar yoki dunyo iqtisodiyotining taxminan 17 foizi darajasida baholangan.

Şu tariqa, ikki yirik iqtisodiyot örtasidagi farq 2026-yilda 10,7 trillion dollar atrofida bölişi kutilmoqda. 2040-yilga borib esa bu tafovut 5 trillion dollargaça - hozirgi prognozdagi darajaning yarmidan ham kamiga tuşişi mumkin.

Prognozga muvofiq, 2040-yilda AQŞ YIM 52,9 trillion dollarga yetadi va mamlakat birinçi örinni saqlab qoladi. Xitoy iqtisodiyoti esa 47,9 trillion dollargaça ösib, ikkinçi örinda böladi. Yaʼni Xitoy AQŞga ança yaqinlaşadi, biroq uşbu prognoz doirasida 2040-yilgaça uni ortda qoldirmaydi.

Ayni vaqtda, ularning jahon iqtisodiyotidagi uluşi turliça özgaradi: Xitoyniki 17 foizdan 21 foizga kötarilişi, AQŞniki esa 26 foizdan 23 foizga kamayişi kutilmoqda. AQŞ iqtisodiyotining dollardagi hajmi össa ham, butun jahon iqtisodiyotidagi nisbiy uluşi qisqarişi mumkin.

Bu reytingni xarid qobiliyati pariteti böyiça hisoblanadigan YIM bilan adaştirmaslik lozim. Xalqaro valyuta jamğarmasi maʼlumotlariga köra, Xitoy 2026-yilda uşbu körsatkiç böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Xarid qobiliyati pariteti mamlakatlar örtasidagi narxlar farqini hisobga oladi: bir xil miqdordagi pulga turli davlatlarda qança tovar va xizmat sotib oliş mumkinligini taqqoslaydi. Infografikada esa joriy dollarda hisoblangan nominal YIM keltirilgan.