Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Soburzon mahallasida yaşovçi fuqarolar içimlik suvi bilan boğliq muammodan Kun.uz`ga şikoyat qilişgan edi.
2017 yilda mahalladagi Şiddat, Oydin, Munojot, Muhtaşam köçalarida içimlik suvi tarmoği ta'mirlanib, yangi quvurlar yotqizilgan, odamlar «Tuyamöyin-Urganç» MSQF Yangiariq tumani bölimi bilan şartnoma imzolab, şaxsiy mablağlari evaziga tarmoqqa ulanib, oldindan tölovni ham amalga oşirişgan.
Ammo oradan 3 yil ötgan bölsa-da, içimlik suvi ta'minotidagi muammolar töliq hal qilinmagani, jumladan, quvurlar yorilib, suv nazoratsiz tarzda dalaga oqib yotgani, aholining uylariga yetib bormayotgani aytilgan edi.
Kun.uz`da bu haqda «Yangiariqda içimlik suvi muammosi – odamlar quvurlar yoriğidan oqqan suvni iste'mol qilişmoqda» nomli tanqidiy maqola e'lon qilindi.

Maqolada yoritilgan holatlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Botirbek Törazoda, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengaşi deputati Otabek Razzaqov tomonidan örganib çiqildi.


Yangiariq tumanidagi içimlik suvi yetkazib beriş va quvurlar ekspluatatsiyasi, ularni ta'mirlaş işlari davlat xususiy şerikçiligidagi «City Building Tale» korxonasi tomonidan tarmoqdagi avariya bartaraf qilindi.
Quvurlarda joriy ta'mirlaş işlari ötkazildi va aholi xonadonlariga toza içimlik suvining yetib borişi ta'minlandi.
Nurmuhammad Said












