Xorazm viloyatida Urganç xalqaro aeroporti va Xiva vokzali örtasida elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi.

“Özbekiston temir yöllari” xabariga köra, bu yönalişda yölovçilarga Xitoyda işlab çiqarilgan tezyurar elektropoyezd xizmat körsatadi. Qatnov – kuniga bir marta.

Poyezd Urganç aerovokzalidan soat 8:40 da jönab ketadi, 08:59–09:02 oraliğida Urganç vokzalida böladi, Xivaga soat 09:22 da yetib boradi.

Ortga qaytişda esa soat 21:00 da Xivadan jönaydi, 21:20–21:23 oraliğida Urganç vokzalida böladi va 21:42 da Urganç aerovokzaliga yetib boradi.

Çipta narxlari – kattalar uçun 25 ming söm, bolalar uçun 14 ming söm.

Çiptalarni ticket.eletropoyezd.uz sayti orqali sotib oliş mumkin. Maʼlumot uçun 1005 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş mumkin.

CR200J rusumli poyezd Xitoyning CCRC Dalian Co. Ltd. kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.

“Mazkur elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bölib, 415 nafar yölovçiga möljallangan. Poyezdning harakat tezligi 160 km/soatni taşkil etadi.

Elektropoyezdda yölovçilar uçun “Ekonom” toifasidagi zamonaviy va qulay örindiqlar, har bir örindiqda USB quvvatlantiriş qurilmalari, vagon içidagi iqlimni meyorida saqlaş imkonini beruvçi iqlim nazorati tizimi mavjud. Şuningdek, nogironligi bölgan yölovçilar uçun maxsus joylar közda tutilgan”, – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, bu loyiha uçun Urganç aeroportini Urganç vokzali bilan boğlovçi 11 kilometrlik yangi temiryöl liniyasi qurildi. 17-avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bu yangi liniya bilan tanişgan edi. Rasmiylarga köra, bu – Özbekiston uçun aeroportga temiryöl olib keliş bilan boğliq birinçi loyiha hisoblanadi.