“Bu tinç norozilik emas, bu içki terrorçilik harakatlaridir. Begunoh hayotlarning yöq qilinişi va qon tökilişi – bu insoniyat va Tangriga qarşi jinoyatdir”, deb aytgan Tramp.
Tramp namoyişçilar Vaşingtonda politsiya bölimini bosib olişgani va çerkovga öt qöyişgani, Avraam Linkoln va Ikkinçi jahon uruşi memoriallari vandallikka uçragani, bir neça kişi öldirilganini aytib ötgan.
AQŞ prezidenti şaharlar yuzaga kelgan tartibsizliklarni hal qiliş uçun çoralar körmasa, unda u qurolli kuçlarni jalb qilişga va muammoni tezda hal qilişga tayyorligini aytgan. U Vaşingtonda tartibsizliklar, talonçiliklar va mulkning yöq qilinişini töxtatiş uçun minglab harbiylar va politsiyaçilarni safarbar qilişini aytgan.
AQŞ prezidenti ştatlar gubernatorlariga köçalarni bexatar qiliş vaqti kelganini aytgan. Uning aytişiça, tartibsizliklar va talonçiliklarni töxtatiş uçun barça federal zaxiralar – fuqarolar va harbiylar safarbar qilinadi.
AQŞda qora tanli erkak Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga olinişi vaqtida halok bölgandan keyin ommaviy noroziliklar boşlanib ketdi. Namoyişlar talonçiliklar va tartibsizliklar bilan keçmoqda. Tartibsizliklar vaqtida bir neça kişi halok bölgan. 40 ga yaqin şaharda, jumladan poytaxt Vaşingtonda komendantlik soati kiritilgan. Tartibsizliklarni töxtatişga milliy gvardiyaning bir neça ming jangçisi safarbar qilingan.













