Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko yangi hukumatdan bozorlarni diversifikatsiya qiliş va xorijdan valuta jalb etiş hisobiga Rossiyaga qaramlikni kamaytirişni talab qildi.
Sputnik Belarus agentligining xabar berişiça, u Roman Golovçenko rahbarligidagi yangi hukumat yiğilişida ana şunday fikrni aytdi.
"Eksport yöq bölsa valuta bölmaydi. Bitta mamlakat bozoriga qaramlik muammosini uzil-kesil hal qiliş kerak. Biz 50-55 foizga hattoki qardoş Rossiyaga ham qaram böla olmaymiz. Bozorlarni diversifikatsiya qilişimiz kerak", - dedi Lukaşenko.
U avvalroq yaqin va uzoq xorijga mamlakat eksportini rivojlantiriş, yangi bozorlar topiş böyiça qarorlar qabul qilinganiga e'tibor qaratdi va bu yönalişda "jiddiy siljiş" bölişi kerakligini ta'kidladi.












