Farğona viloyatidagi 6ta ixtisoslaşgan tumanda 20 ta meva-sabzavotçilik va uzumçilik klasteri taşkil etilgan. Bu yil ularda 288 ming tonna mahsulot yetiştirilib, 120 ming tonnasini eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan. Buning uçun siğimi 330 ming tonnadan ortiq bölgan muzlatkiçli omborxonalar, 25ta logistika markazi, 90ta qayta işlovçi korxona faoliyat körsatmoqda.

Mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi «Uz-Segang» qöşma korxonasi yiliga 16 ming tonna qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va eksport qiliş quvvatiga ega. Bu yerda 100 milliard söm evaziga zamonaviy logistika markazi taşkil etilgan. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilğor texnologiyalar keltirib örnatilgan.

Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi böyiça saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi anorni xuddi şunday saralaydi. Mevaning içidagi pişmagan yoki çiriy boşlagan joyni ham aniq körsatadi. Bu xaridorlar işonçini qozonib, eksportni rivojlantirişda muhim örin tutmoqda. Korxona mahsulotlari “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega.

Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Polşa, Rossiya, Qozoğiston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Kompaniyada 250 nafar yigit-qiz iş bilan ta'minlangan.

Prezidentimiz bu korxonani doimiy xomaşyo bilan ta'minlaş masalasiga ahamiyat qaratdi. Buning uçun unga hududdagi boğlarni biriktiriş, yangi boğlar va laboratoriya taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.