Taşrif çoğida prezident mamlakat foydali qazilmalarga boyligi, lekin ular asosida tayyorlanadigan materiallar katta miqdorda çetdan keltirilayotganiga e'tibor qaratdi.

Masalan, Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toşkent viloyatida kaolin, Qaşqadaryoda dala şpati va Farğonada dolomit xomaşyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.

«Şunça imkoniyat böla turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak bölmaydimi? Mamlakatimizning har bir qariç yeri, har bir boyligi aholi jon boşiga daromadni köpaytirişga xizmat qilişi kerak», dedi prezident.

«Ekokerama» yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega. Ya'ni, importning aksariyat qismi örnini töldiradi. Bundan taşqari, mintaqa davlatlarida 50 million dollarlik bozor bor. Korxona quvvatini oşirib, mahsulotlarning 60 foizini eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan. 100 foiz mahalliy xomaşyodan foydalanilişi hamda energiya tejovçi texnologiyalar qöllanişi sababli «Ekokerama» mahsulotlari xorijiy muqobillariga nisbatan arzon böladi.

Korxonaning loyiha qiymati 15 million dollar. Jumladan, 11 million dollar töğridan töğri investitsiya jalb etilgan. Hozirda 500 kişi iş bilan ta'minlanib, test rejimida dastlabki buyumlar tayyorlangan.

Davlat rahbari bu korxonani klasterga aylantiriş, karerlar ajratib berib, kamida 30 yillik xomaşyo zaxirasi bilan ta'minlaş zarurligini ta'kidladi. Korxonaga mahsulotlarini sotişda kömaklaşiş, xususan, quriliş materiallari bozorlarida dökonlarini taşkil etiş, davlat tomonidan qurilayotgan obektlarda bu santexnika buyumlaridan foydalaniş böyiça körsatmalar berdi. Öz navbatida, kompaniya rahbariyatiga mahsulotlar nomenklaturasini kengaytiriş, boşqa viloyatlarda ham şunday korxonalar oçib, yanada köp yoşlarni iş bilan ta'minlaş tavsiya qilindi.

Şu yerda Farğona viloyatida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti ötkazildi. Xususan, yengil sanoatdagi loyihalar samarasida paxta tolasini qayta işlaş hajmi keskin oşadi. Joriy yil yakunida kalava ip qayta işlaş darajasi 56 foizga, kelgusi yili 71 foizga yetadi. Ilgari viloyatda jami 80 million dollarlik paxta tolasi oddiy xomaşyo sifatida sotilgan bölsa, bu yil qariyb 314 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi. Bu körsatkiçni 2021 yilda 540 millionga, kelgusida 1 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.