Prezident matbuot xizmati xabariga köra, ötgan 3 oyda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion söm soliq imtiyozlari berilgan, Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan 3,6 trillion söm ajratilgan.

Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev yangiça yondaşuv va instrumentlarni qöllaş orqali joriy yil iqtisodiyotda ösiş sur'atlarini ta'minlaş uçun barça imkoniyatlar borligini ta'kidlab, şu boradagi 8 ta asosiy yönalişni körsatib ötdi:

  • iqtisodiyot va budjet barqarorligini ta'minlaş;
  • kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini oşiriş;
  • bank tizimidagi islohotlarni jadallaştiriş;
  • töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni köpaytiriş;
  • eksport salohiyatini oşiriş va valuta tuşumlarini ta'minlaş;
  • sanoatda raqobatbardoşlikni kuçaytiriş;
  • kiçik biznesni rivojlantiriş;
  • raqamli texnologiyalarni barça tarmoqlarda keng joriy qiliş.

Birinçi masala muhokama qilinar ekan, budjet tuşumi va xarajatlarini optimallaştiriş topşirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklaş va soliq ma'muriyatçiligini yaxşilaş hisobiga qöşimça daromadlarni ta'minlaş, taşqi qarz bitimlarini tuzişda belgilangan çeklovdan oşmaslik böyiça körsatma berildi.

Ikkinçi yönaliş böyiça bu yil 810 mingta doimiy iş örnini qayta tiklaş, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy iş örni yaratiş zarurligi ta'kidlandi.

Keça, 8 iyun kuni qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq, özini özi band qiluvçi faoliyat turlari soni 24tadan 67taga köpaytirildi.

Prezident Xitoy tajribasidan kelib çiqib, kambağallik darajasi yuqori bölgan qişloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga kömaklaşiş tizimini yaratiş, oilaviy tadbirkorlik va tomorqaçilikni rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berdi.

Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3  yil muddatga şunday hududlarga mehnat faoliyati uçun yönaltirilişi taklifi bildirildi.

Ma'lumki, bank tizimida katta islohotlar belgilangan. Yiğilişda bu çoralarni jadallaştirib, davlat uluşiga ega önta bankda transformatsiya jarayonini öz vaqtida amalga oşiriş, foiz stavkalarini inflatsiyaga qarşi siyosat bilan uyğunlaşgan holda pasaytiriş muhimligi ta'kidlandi.

Joriy yilda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş böyiça Boş vazir örinbosarlariga topşiriqlar berildi.

Pandemiya şaroitida eksportni oşiriş va valuta tuşumlarini ta'minlaş juda dolzarb masala. Taşqi bozorlarda talabning keskin kamayişi eksportçi korxonalarga jiddiy ta'sir qilmoqda.

Şu munosabat bilan, beşinçi ustuvor yönaliş ölaroq, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga eksport körsatkiçini 2019 yilgidan kam bölmagan miqdorda ta'minlaş böyiça qöşimça çoralar köriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Yiğilişda sanoatni rivojlantiriş masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Ayrim tarmoqlarda xomaşyoni çuqur qayta işlaş va qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişning yaxlit zanjiri yaratilmagani körsatib ötildi.

Misol uçun, misni qayta işlaş 25 foiz, ipakçilikda 20 foizga ham yetmaydi. Tarmoqlararo kooperatsiya ham töliq yölga qöyilmagan. Jumladan, elektrotexnika va qişloq xöjaligi sohalarida özaro kooperatsiya hisobiga kamida 80 million dollarlik mahsulot tayyorlasa böladi. Yoki kimyo sanoati töqimaçilik uçun sintetik tola va poliester, avtomobilsozlik hamda quriliş materiallari sohasiga kord va turli böyoqlar, oziq-ovqat sanoatiga aromatizatorlar yetkazib berişi mumkin.

Şu bois zamonaviy texnologiyalar transferini yölga qöyiş, tarmoqlarning energiya samaradorligi va raqobatdoşligini oşirişni nazarda tutuvçi Sanoat siyosati strategiyasini işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi.

Kimyo, töqimaçilik, quriliş materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida e'tibor qaratiş, davlat korxonalarini isloh qiliş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Mamlakatda kiçik biznes iqtisodiyotning ösiş nuqtasi etib belgilangan. Yiğilişda tadbirkorlarga erkin raqobat muhitini yaratiş uçun xususiy mulkçilikni himoya qilişga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh etiş zarurligi ta'kidlandi.

Yuqori texnologiyali tarmoqlarda kiçik biznes hissasi kamligi qayd etilib, bunday sub'yektlarni davlat tomonidan rağbatlantiriş mexanizmini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Hududlarda kiçik sanoat zonalari taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi.

Ma'lumki, keça, 8 iyun kuni Şavkat Mirziyoyev huzurida ötkazilgan taqdimot çoğida raqamli texnologiyalarni tezkor rivojlantiriş, ularni barça tarmoqlarda keng joriy qiliş vazifalari kelişib olingan edi. Bu boradagi işlarni bugun belgilangan sakkizinçi ustuvor yönalişga muvofiq taşkil qiliş lozimligi körsatib ötildi.

Yiğilişda mutasaddi rahbarlar iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça qisqa va örta muddatda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan öz takliflarini bildirdi.