Davlatimiz rahbarining joriy yil 5–6 iyun kunlari Farğona viloyatiga taşrifi davomida viloyatning çegaradoş hududi bölgan Söx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, bugungi kunda tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, aholi turmuş darajasini yanada yaxşilaş, tuman aholisining ehtiyojlarini qondiriş borasida köplab takliflar asosida aniq dasturlar işlab çiqildi.

Öz navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tumanning elektr ta'minoti töliq körikdan ötkazilib, aholining elektr ta'minoti borasidagi muammolari örganildi hamda ularni bartaraf qiliş çora–tadbirlari belgilab olindi.

Bugun “Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan yuqorida belgilab olingan çora–tadbirlarni joyida amalga oşiriş hamda imkon qadar tez fursatlarda tumanning elektr ta'minotidagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş uçun zarur bölgan elektr qurilmalari jumladan, turli quvvatdagi 16 dona transformator punkti, 79 km uzunlikdagi zamonaviy elektr uzatiş kabellari, 80 dona temir–beton tayançlar, 1 200 dan ortiq izolyatorlar, 10 turdagi elektr qurilmalari Söx tumaniga yuborildi.

Mazkur ta'mirlaş va yangi quriş işlarini bajarişdan kutilgan maqsad, Söx tumani aholisining elektr energiyasiga bölgan talabini töla qondiriş hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlaşdan iboratdir.

“Farğona HETK” AJ

Matbuot xizmati