Farğona viloyati Söx tumanida 5-sinf öquvçisi köçada avtomobil haydayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi mazkur video yuzasidan örganiş işlari olib bordi. Maʼlum bölişiça, uşbu transport vositasini Söx tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabining 5-sinf öquvçisi boşqargani aniqlangan. Tracker uning otasiga tegişli bölgan. Transport vositasi otasi iştirokida jarima maydonçasiga qöyilgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan bolaning otasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
135-moddaning 2-qismiga köra, BHMning 5 baravari (2,2 mln söm), 47-modda böyiça esa BHMning 1−5 baravari (440 ming sömdan 2,2 mln sömgaça) miqdorida jarima belgilangan. Yaʼni, ota endi farzandining uşbu qilmişi uçun 2 mln 640 ming sömdan 4 mln 400 ming sömgaça jarima tölaşi mumkin. U bilan profilaktik suhbat ham ötkazilgan.
YHXB ota-onalarni voyaga yetmagan farzandlari avtomobil boşqarişiga yöl qöymaslikka çaqirgan.












